83
Ketib borar edi farzand shu zamon. (
A. Oripov) 6. Yurib-
yurib, oxiri yolg‘iz bir uychaga duch keldi. (
Ertakdan)
2-t o p s h i r i q . Gaplarni o‘qib, ular tarkibidagi sodda fe’llardan
qo‘shma va juft fe’llar hosil qiling.
N a m u n a :
so‘radi — so‘rab-surishtirdi.
1.
Men ham qiziqib, bolaning yoniga bordim. Bolakay
cho‘chib tushdi. (
Sh. Õolmirzayev) 2. Haydar ota yo‘lakda kam-
piriga yo‘liqdi. Kampir imo bilan Asrorqulni so‘radi. (
Abdulla
Qahhor) 3. Go‘yo har bir shox,
har bir yaproq tagiga ya-
shirinib olgan bulbullar tobora avjga chiqar, boshqa hamma
qushlar
ovozini bosib, yayrab-yayrab, to‘lib-toshib sayrashar-
di. (
O. Yoqubov) 4.
Boshqalar ham bosh tebratib, bu fikrga
qo‘shildilar. (
Cho‘lpon) 5. Omon dasturxonni yig‘ishtirdi. (
G‘afur
G‘ulom)
3-t o p s h i r i q . Quyidagi sodda fe’llarni qo‘shma fe’llarga aylanti-
ring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Sergaklanmoq, rivojlanmoq, moylamoq, jimimoq, susay-
moq, qo‘llamoq, chirqillamoq, xavotirlanmoq.
N a m u n a :
sergaklanmoq — sergak bo‘lmoq. Hamma narsadan ogoh
va sergak bo‘lishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: