Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170
Ona tili 6 sinf

56-mashq.
 
Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh gap, ikkinchi
guruh suv so‘zini asos qilib olsin va «Kim eng ko‘p so‘z topa oladi?»
musobaqasini o‘tkazing.
Namuna: yog‘, yog‘li, yog‘siz, yog‘la, seryog‘...
1. So‘z tarkibi deganda nimani tushunasiz?
2. Do‘stlarimizni so‘zining tarkibini aniqlang.
3. -jon, -xon, -chi, -dor qo‘shimchalarini so‘zlarga
qo‘shing va ularning ma’nolarida sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarni tushuntiring.
57-mashq. 
Uyga vazifa. -lik, -zor, -iston, -la, -siz qo‘shimchalari
yordamida so‘zlar yasang, ular ishtirokida gaplar tuzing.


23
Topshiriq. Berilgan so‘zlarni ma’noli qismlarga ajrating. Ularning
qaysilarini mustaqil qo‘llash mumkin, qaysilarini esa mustaqil qo‘llash
mumkin emasligini aniqlang.
Mevazor, mevali, mevaning, mevalarni.
BILIB OLING.
 So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab,
mustaqil qo‘llana oladigan qismi asos deyiladi.
Mustaqil qo‘llana olmaydigan, asosga qo‘shilib, unga
yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek,
so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiladigan qismga qoshimcha
deyiladi.
58-mashq. 
Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ma’noli
qismlarga ajrating. Ularning qaysi biri asos, qaysinisi qo‘shimcha ekani-
ni ayting. Undagi g‘oya haqida bahslashing.
Mehnat, halollik haqida ibratli rivoyat bor: Bir bola
ulg‘aygach, otasi unga ishlab pul topib keltirishni buyuradi.
Lekin kongilchan ona: «O‘g‘lim qo‘lini qavartirib, qiynalib
yurmasin», deya, eridan ogrincha unga pul beradi. Sezgir ota
o‘g‘li keltirgan pulni otga tashlaydi. Bola beparvo, loqayd
turaveradi. Bu hol yana takrorlanadi. Oglining uchinchi marta
olib kelgan pulini otmoqchi bo‘lganida, bola uning qoliga

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin