Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik


yopishib, yondirmasligini so‘raydi. Ota shundagina bu safar o‘g‘lining haqiqiy peshona teri bilan pul topganiga ishonadi. Mehnat bilan topilgan



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   170
Ona tili 6 sinf

yopishib, yondirmasligini so‘raydi. Ota shundagina bu safar
o‘g‘lining haqiqiy peshona teri bilan pul topganiga ishonadi.
Mehnat bilan topilgan pul qadri mashaqqat bilan qo‘lga
kiritilgan barcha narsalar singari azizdir. («Saodat»dan)
59-mashq. 
So‘zlarni ikki guruhga ajrating. Birinchi guruhga yangi
ma’no beruvchi, ikkinchi guruhga qo‘shimcha ma’no yuklovchi
qo‘shimchali so‘zlarni yozing.
Giyohlarni, adolatli, bog‘bon, ajratildi, mevazor, birinchi,
kuzda, dorishunos, sayohatchi, topilgan, sezgir, ikkita, mehnat-
kash, bag‘riga, mehnatdan.
60-mashq.
 Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi mos qo‘shimchani qo‘yib,
gaplarni ko‘chiring.
Mard...(-chi, -lik, -kor) — bu ezgu tuyg‘u, muqaddas fa-
zilat, tabarruk meros. Mard bo‘lgan kishi...(-lar, -cha, -da)
ASOS VA QO‘SHIMCHALAR


24
haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insof,
(be-, -ba-, no-)...mardlarda yolg‘izlik, yomonlik, ojizlik,
makkorlik, hasad, adovat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlar...
(-da, -chi, -ni) uchratish mumkin. («Axloq, odob saboqlari»
kitobidan)
1. So‘zning qanday qismi asos deyiladi?
2. Qo‘shimcha nima?
3. Asos va qo‘shimchaning farqi nimada?
61-mashq. 
Uyga vazifa. «Keksalarni ardoqlang!» mavzusida matn
tuzing. Unda ishlatilgan so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajrating.
Topshiriq. Berilgan so‘zlarning asos va qo‘shimchalarini aniqlang.
Qo‘shimchalarning asos ma’nosidan yangi ma’no hosil qilayotgan yoki
qilmayotganini ayting.
Oqla, gulchi, xizmatchi, gulni, gullar.
BILIB OLING.
 Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra ikki
turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi qo‘shimchalar, masalan, oq
asosiga -la qo‘shimchasining qo‘shilishidan «oq rangga ki-

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin