27
TUB VA YASAMA SO‘
ZLAR
1-topshiriq. Boshliq, boshla, bebosh, boshsiz so‘zlarini
bir-biriga
taqqoslang. Ularning
bosh so‘zidan farqini ayting.
2-topshiriq. -boz, -chan, -la qo‘shimchalari yordamida yangi so‘zlar
yasang.
BILIB OLING.
Tarkibi asos va yasovchi qo‘shim-
chalarga bo‘linmaydigan so‘zlarga tub so‘zlar deyiladi.
Masalan: tosh, temirga, quyoshimiz.
Asosga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali
hosil qilingan yangi asos sodda yasama so‘zlar deyiladi.
Masalan: toshloq, temirchi, temirchilik, serquyosh.
ESDA TUTING.
So‘zning qo‘shimchalarsiz qismi
asos sanaladi. Bir umumiy asosga ega bo‘lgan so‘zlar
asosdosh so‘zlar sanaladi: tashvishli, sertashvish, tash-
vishlanmoq kabi.
70-mashq.
Matnni o‘qing. Tub va yasama so‘zlarga izoh bering.
Siz ham dor o‘yinini ko‘rganmisiz?
U sizda qanday taassurot
qoldirgan?
Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib
o‘ynamoqda. O‘ktam ham yo‘g‘on arqonni siltab-siltab ko‘rdi,
dor
atrofida aylanib, uning uskunasini qiziqib ko‘zdan kechir-
di. U bolalikdan bu o‘yinni sevar edi.
Bir necha yildan buyon
ko‘rmagani uchun tomosha qilgisi keldi. Qani, dorboz qo‘liga
langarni olib «baka-baka-bang» maqomi ostida ohangdor,
yengil
odimlar bilan arqondan yura qolsa hozir. (
Oybek)
71-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga izoh
bering.
Dostları ilə paylaş: