Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik


qo‘shilganda, -kan holida talaffuz qilinadi va shunday



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170
Ona tili 6 sinf

qo‘shilganda, -kan holida talaffuz qilinadi va shunday
yoziladi (tiq — tiqqan, tik — tikkan).
Jarangli g‘ undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘-
shilganda, -qan holida talaffuz qilinsa ham -gan yoziladi
(tug‘ — tuggan).
153-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Shu kabi maqollarga misollar
keltiring. Sifatdoshlarning ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.
1. Aytilgan so‘z — otilgan o‘q. 2. Og‘izdan chiqqan so‘z
qaytmas. 3. Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar. 4. Egilgan
boshni qilich kesmas.
5. Duo olgan omondir,
Qarg‘ish olgan yomondir.
154-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring. O‘tgan zamon sifatdoshlarining
hosil bo‘lishiga diqqat qiling.
1. Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini
bosdi. (Said Ahmad) 2. O‘z ko‘zim bilan ko‘rganlarimni, kechir-


60
ganlarimni, o‘tmish hayot lavhalaridan esimda qolganlarini
qalamga olgim kelib qoldi. (Abdulla Qahhor) 3. O‘z nafsiga asir
bo‘lgan odam insoniylikni qo‘ldan boy beradi. («Donolor
o‘giti»dan) 4. Mustafo Galatepaning chekkarog‘ida, Ubaydullo
Maxsumning hovuzi tarafga turtib chiqqan qir tumshug‘ida
yashaydi. (Murod Muhammad Do‘st)
1. Sifatdoshning o‘tgan zamon shakli qanday yasaladi?
2. -gan (-qan, -kan) qo‘shimchasi yordamida o‘tgan za-
mon sifatdoshlarini yasang.
155-mashq.
 Uyga vazifa. «Men yoqtirgan adib» mavzusida matn
tuzing. Unda o‘tgan zamon sifatdoshlaridan foydalaning.
1-t o p s h i r i q . Quyida berilgan sifatdoshlarni tarkibiy qismlarga
ajrating. Sifatdosh shakli qaysi zamonni ifodalashini ayting.
Yurayotgan (mashina), boradigan (joy), o‘qiydigan (ki-
tob), kuylayotgan (bola).

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin