Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170
Ona tili 6 sinf

yuzaga kelgan bolni tarqatamiz?» — derdim. Dadam kulib:
«Hosil mo‘l, qolaversa, qo‘shnilarning ham haqi bor, chunki
arilar ularning bog‘idagi gullardan ham bol so‘rib olganlar», —
derdilar. (Habibullo Qodiriy)
4-t o p s h i r i q . Uyga vazifa. «Qanotli do‘stlar» mavzusida matn
tuzing. Unda ishlatilgan fe’lning vazifa shakllarini aniqlang.
1-t o p s h i r i q . Berilgan fe’llarni bir-biriga solishtiring, ma’no
farqini ayting.
O‘qimoq — o‘qiy boshlamoq, o‘qiy olmoq, o‘qib chiq-
moq, o‘qib tugatmoq, o‘qib yurmoq, o‘qib turmoq, o‘qib
yubormoq, o‘qib tashlamoq.
2-t o p s h i r i q . Boshlamoq, olmoq, chiqmoq, tugatmoq, yurmoq,
turmoq, tashlamoq fe’llarini ishlamoq, yozmoq fe’llariga qo‘shib,
ma’nolarini izohlang.
BILIB OLING.
 Ravishdoshning -a//-y, -(i)b
shakllariga qo‘shilib, o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan,
asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (bosh-
lanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi,
imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq,
turmoq, chiqmoq singari fe’llar komakchi fe’llar
hisoblanadi.
ESDA SAQLANG.
 Ko‘makchi fe’lni qabul qiluvchi
ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko‘makchi fe’l faqat
yetakchi fe’l bilan birgalikda qo‘llanadi. Ana shu xususi-
yati bilan mustaqil qo‘llanuvchi olmoq (xatni olmoq),
tugatmoq (oqishni tugatmoq), turmoq (ornidan turmoq),
tashlamoq (qogoz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi.
KO‘MAKCHI FE’LLAR


70
174-mashq. 
Matnni o‘qing. Ko‘makchi fe’llarni topib, ular bildirgan
ma’nolarni aniqlang. Ko‘makchi fe’llar ishtirokida yangi so‘z
qo‘shilmalarini hosil qiling.
Chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan tor joyda uning
aqli yetmaydigan ajoyibotlar to‘lib-toshib yotibdi. Eng qizig‘i,
devor boshida o‘qtin-o‘qtin ko‘rinish beradigan babaq xo‘roz.
U o‘ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo‘yinga boshini u yon-
bu yon burib qarab qo‘yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqa-
nicha, birdan qichqirib qoladiki, sho‘rlik Oqto‘sh qochaman
deb umbaloq oshib tushadi.
Gohida shu ish ustiga uy egasining o‘rtancha o‘g‘li Rasul
kelib qoladi... Rasul uni yerdan ko‘tarib bag‘riga bosadi, silab-
siypaydi. (N. Norqobilov)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin