72
181-mashq.
Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh o‘z ma’nosida
ishlatgan fe’lni, ikkinchi guruh ko‘makchi fe’l ma’nosida qo‘llab gap
tuzsin.
182-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ko‘makchi fe’llarning ma’nolarini
izohlang, ularni harakatning boshlanishini, davomiyligini va yakun-
lanishini bildiruvchi fe’llarga ajrating.
1. Hozircha
muvaqqat sim tortib turaylik, doimiy simni
Farhoddan elektr olganimizda tortamiz. (
Abdulla Qahhor)
2. Hozir men Òoshkentdaman. Yodgor o‘z yonimda. Ba’zan
Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. (
G‘afur G‘ulom)
3. Ukam orqasiga qayrilib ham qaramadi. Dadasining qo‘lidan
ushlab dikir-dikir sakrab, o‘ynoqlab keta berdi. (
S. Anorboyev)
4. Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. (
M. Mansurov)
5. Men gilosman,
quloq sol,
Rangim ol-u, totim bol.
Òopsang qo‘shalog‘imni
Qulog‘ingga taqib ol. (
E. Vohidov)
1. Harakatning boshlanishini bildiradigan ko‘makchi
fe’llar qaysilar?
2. Harakatning davomiyligini anglatuvchi ko‘makchi
fe’llarni aytib bering.
3. Harakatning yakunlanganligi qaysi ko‘makchi fe’llar
yordamida ifodalanadi?
Dostları ilə paylaş: