80
ESDA SAQLANG.
Qo‘shma fe’llar ot, sifat, son,
olmosh, ravish, undov va taqlid so‘zlarga qil, et, bo‘
l
singari so‘zlarni, fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari
fe’llarni qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan: tarbiya
qilmoq, eski bo‘lmoq, bir bo‘lmoq, yaxshi chiqmoq, kim
bo‘lmoq, dod solmoq, chirs etmoq kabi.
Qo‘shma fe’llarning har ikkala qismi o‘zining lug‘aviy
ma’nosini saqlagan bo‘ladi. Masalan: borib keldi (ham
bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o‘z ma’nosida
qo‘llanilmaganda, ko‘makchi fe’lli so‘z shakli hosil bo‘ladi.
Masalan: o‘
qib chiqdi (o‘qidi, lekin chiqmadi, balki o‘qishni
tamomladi, tugatdi).
Qo‘shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
201-mashq.
Qo‘shma fe’llarni topib, ularning yasalishini tu-
shuntiring.
1. Õamir
yaxshi qorilsa, barakasi ham yaxshi bo‘ladi,—
dedi Matqovul. (
Mirzakalon Ismoiliy) 2. Hakim
bobo har bir
niholni parvarish qilardi. (
Sh. Rashidov) 3. Shunday o‘ylasangiz,
yanglishasiz,— deb e’tiroz bildirdi Abdukarim. (
I. Abdurahmonov)
4. Chaqimchilikning oqibati yomom bo‘ladi.
202-mashq.
Qo‘shma fe’llarni va ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmalarini topib, ularning yasalishini izohlang.
...Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo‘lsa ham
xuddi o‘smirlarday yengil qadam tashlardi, yugurib-yelardi.
So‘ridagi eskiroq ko‘rpachani darrov yig‘ishtirib olib, supurib,
ko‘z ochib yumguncha yangi yakandoz to‘shab, joy soldi.
Choyxonachi
patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob
olib keldi. (
Yo‘ldosh Sulaymon)
1. Qo‘shma fe’llar deb nimaga aytiladi?
2. Qo‘shma fe’llar qanday yasaladi?
3. Qo‘shma fe’llarning imlosi haqida so‘zlab bering.
Dostları ilə paylaş: