Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170
Ona tili 6 sinf

221-mashq.
Uyga vazifa. She’rni yod oling, unda ishlatilgan fe’llarni
topib, o‘tgan zamon shakliga aylantiring.
Òongda turib eng avval
Derazamni ochmasam,
Oyijonim quchaman.
Quyosh xafa bo‘ladi.
So‘ngra: «Salom, hayot!» — deb
«Uyquchi» deb men bilan
Derazamni ochaman.
O‘rtoq bo‘lmay qo‘yadi.
(A. Karimov)


89
BILIB OLING.
-di qo‘shimchasi bilan yasalgan
o‘tgan zamon shakli so‘zlovchining bevosita o‘zi
ko‘rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo‘shimchadan
so‘ng shaxs-son qo‘shimchasining -m, -k (qoldim,
qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo‘llaniladi.
-(i)b qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli
ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi to-
monidan eshitib bilinganini ifodalaydi va bu qo‘shimchadan
so‘ng shaxs-son qo‘shimchasining -man, -miz, -san, -siz,
-di(-lar) shakllari qo‘shiladi.
-gan qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli
harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi va
bu qo‘shimchadan so‘ng shaxs-son qo‘shimchasining -man,
-miz; -san, -siz shakllari qo‘shiladi.
222-mashq. 
Òopishmoqlarning javoblarini toping. O‘tgan zamon
fe’llarining yasalishini izohlang.
1. Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. 2. O‘zi qator
joylashgan, bir-biriga boylangan, bir-birini kuzatar, behisob
nur uzatar. 3. Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan.
4. Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
223-mashq. 
Ko‘chiring. O‘tgan zamonni hosil qiluvchi qo‘shim-
chalarning tagiga chizing.
Men iljayib turaverdim. U ovutib turgan ukamni qo‘ydi-
da, qo‘g‘irchoqlarining oldiga yugurib ketdi. Men ham «li p»
etib hujraga kirib, ho‘qachadan yog‘ o‘yib oldim. U
yerdan chiqib o‘tinxonaga kirdim. Kulrang tovug‘im, qara-
sam, piyozdan qilingan moyak ustida tug‘ib o‘tirar edi. Sekin
borib, qanotini ko‘tarib boqsam, allaqachon tug‘ib bo‘lgan
ekan, lekin onalik mehri bilan tuxumni bosib yotar ekan.
U tuxumni oldim. Òovuq qaqalab qochdi. (G‘afur G‘ulom)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin