86
tikilib borar ekan, bir shoxi singan na’matakka ko‘zi
tushib
qoldi. Qaysi bag‘ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib qaradi,
yo‘q, sinibdi-yu, uzilmabdi. Quyoshga tomon bo‘y cho‘zib
qaddini rostlab boryapti. Mirsodiq jilmayib qo‘ydi. U, albatta,
o‘sadi, ulg‘ayadi. U ochgan gullarining
muattar hidi kishilar
chehrasiga tabassum, shodlik baxsh etadi,
qalblarini ravshan
qiladi. Hayot qonuni shunday! (
O‘. Umarbekov)
214-mashq.
Ko‘paydilar, qilmaslar, saqlaning, topdik, keltirishdi,
ketishmoqda fe’llarini tarkibiy qismlarga ajrating. Munosabat bildiruv-
chi qo‘shimchalarni aniqlang va bu qo‘shimchalarni olgan so‘zlar
ishtirokida gaplar tuzing.
1. Fe’lning noaniq shakli deb nimaga aytiladi?
2. Fe’lning munosabat shakllari haqida so‘zlab bering.
3. Fe’lning noaniq shakliga
munosabat shakllari qanday
qo‘shiladi?
Dostları ilə paylaş: