Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170
Ona tili 6 sinf

215-mashq. 
Uyga vazifa. Urinmoq, isbotlanmoq, orzu qilmoq,
ruhlanmoq, yurmoq fe’llarining munosabat shakllarini yasang va
ular ishtirokida gaplar tuzing.
1-t o p s h i r i q .  Berilgan so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Keldi, kelyapti, keladi.
2-t o p s h i r i q . Fe’l asoslariga qo‘shilgan qo‘shimchalarning
ma’nolarini ayting.
BILIB OLING.
 Fe’l asosida ifodalangan harakat-
holatning uch zamondan birida sodir bo‘lishini bildiruvchi
shakllar zamon shakllari sanaladi.
Fe’l uchta zamon shakllariga ega: o‘tgan zamon,
hozirgi zamon, kelasi zamon.
216-mashq.
 
Matnni o‘qing, fe’llarning qaysi zamon shaklida
kelayotganini aniqlang. Yurtimizda yetishtiriladigan uzum navlari haqida
fikrlashing.
O‘ktam supaga o‘tirdi. Mevalari tim qora, olmaday oluhi-
rot novdasi egilib, uning boshiga tegay-tegay deb turardi. Keng
FE’LLARNING ZAMON SHAKLLARI


87
hovlining yarmini qoplagan baland so‘rilardan husaynilar,
dilkaptarlar va boshqa rang-barang uzumlar tovlanib, g‘uj-
g‘uj osilgan.
— Òokni boplagan ekansiz, — dedi O‘ktam.
— Be!— qo‘lini siltab dedi Mirqodir, — O‘zbekistonda
necha-necha yuz xil uzum bor. Yana tajriba yo‘li bilan
har yili yangi navlarini yetishtiryaptilar... (Oybek)
217-mashq. 
Quyidagi fe’llarni jadvalga joylashtiring. Ular ish-
tirokida gaplar tuzing.
Hayqirar edi, kuylamoqchi, yayradi, qo‘ndi, qichqirmoq-
da, to‘lib-toshdi, qoplagandi, yig‘lamoqchi, ichyapti, adashib
qoldi, yozar edi, yurdik, qarayapmiz.
i
r
a
l
l

e
f
n
o
m
a
z
n
a
g
t

O
i
r
a
l
l

e
f
n
o
m
a
z
i
g
r
i
z
o
H
i
r
a
l
l

e
f
n
o
m
a
z
i
s
a
l
e
K
1. Zamon shakllari deb nimaga aytiladi?
2. Fe’l zamonlari necha xil bo‘ladi?
3. -di, -yapti, -moqchi qo‘shimchalari yordamida qaysi
zamon shakllari yasaladi?

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin