90
1.
-di qo‘shimchasi yordamida o‘tgan zamon fe’llarini
yasang.
2.
-(i)b qo‘shimchasi yordamida o‘tgan zamon fe’llarini
hosil qiling.
3.
-gan, (-kan, -qan) yordamida o‘tgan zamon fe’llarini
yasang.
224-mashq.
Uyga vazifa. «Uy ishlarida onamga yordam berdim»
mavzusida matn tuzing. Unda o‘tgan zamon fe’llaridan foydala-
ning.
1-t o p s h i r i q . Berilgan fe’llar tarkibidagi
ajratilgan qismlarning
fe’l asosida ifodalangan harakatga qanday ma’no yuklayotganiga e’tibor
bering.
Òergan, tergan
ekan, tergan
emish, tergan
edi, terayot-
gan
ekan, terayotgan
emish, terayotgan
edi.
2-t o p s h i r i q . Ularning talaffuzi va imlosi haqida fikr yuriting.
BILIB OLING.
Edi, emish, ekan fe’llari to‘liqsiz
fe’llar sanaladi. Bu fe’llar yetakchi fe’lning zamon
shakllaridan so‘ng keladi, shaxs-son qo‘shimchalari to‘liqsiz
fe’lga qo‘shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan),
kelayotgan ekansan (eding, emishsan).
Edi, emish, ekan to‘liqsiz fe’llari -di, -mish, -kan
shaklida ham qo‘llaniladi. Masalan: borgandi, borgan-
mish, kelarkan.
225-mashq.
Berilgan gaplardagi o‘tgan zamon ma’nosini
ifodalagan to‘liqsiz fe’llarni toping.
1. O‘sha kuni u rost gapirgan edi. (
Omon Muxtor) 2. Gum-
bazdagi chiroyli qandilda turli
xil shamlar yonib turgan
emish. 3. U kelinning og‘zidan gapini uzib olganday tez-
tez gapirar emish. (
Cho‘lpon) 4.
Maxdum oilasini ham
kiyim-kechak vajidan o‘zi kabi tutar edi. (
Abdulla Qodiriy)
Dostları ilə paylaş: