98
BILIB OLING.
Harakat va holatni bajarish yoki
bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat
ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq-istak mayli shakli
sanaladi.
Buyruq-istak mayli shakllari fe’l asoslariga quyidagi
qo‘shimñhalarni qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi:
-(a)y,
-(a)yin, -gin (-kin, -qin), -(i)ng, -sin, -(a)ylik, -(i)nglar.
246-mashq.
Berilgan gaðlardagi fe’llarni toðib, tarkibiy qismlarga
ajrating. Qaysi mayl shaklida ekanligini va ularning qanday qo‘shimchalar
yordamida hosil bo‘lganini ayting.
1. Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi: — Dada, keling,
uxlaylik. (
Olmos) 2.
Qani endi, hamma ham shunday g‘alabalarga
erishsa. (
Abdulla Qahhor) 3. Koshki edi, o‘sha tog‘ga
men ham
borsam. (
Abdulla Qahhor) 4. Kel, do‘stim, yuragimni senga
oñhay. (
Said Ahmad) 5. Hayot saboqlarini o‘rgangin, ñhunki
hayotni o‘rganish zarur. (
Omon Muxtor)
247-mashq.
Berilgan gaðlardagi fe’llarning
qaysi mayl shaklida
ekanligini va ularning qanday qo‘shimchalar yordamida hosil bo‘lganini
ayting.
1. Ikkalang ham og‘zingni oñhmay, jim o‘tirgin. (
Cho‘lðon)
2. Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay,— dedi zavqi oshib.
(
Õ. Òo‘xtaboyev) 3.Yaxshilik qilsang, oxirigañha yaxshilik qilgin,
zinhor minnat qilma. (
Said Ahmad) 4. Kun bo‘yi g‘aflat bosib
uxlama, sergak bo‘l. (
Omon Muxtor) 5. Qo‘lingni oñhiq tutgin,
boshingni g‘oz tut. (
Said Ahmad)
248-mashq.
Buyruq-istak maylini hosil qilgan qo‘shimñhalarni
toðing. Qanday ma’noda qo‘llanganligini tushuntiring.
1. Sinamagan otning sirtidan o‘tma. (
Maqol) 2. Akangni
ñhaqir, bugungi faoliyati uñhun javob bersin. (
Omon Muxtor)
3. Odamlarni ñhaqiringlar, ekinzorlarni ko‘rib qo‘ysin. (
Said
Ahmad) 4. Lolazorga ñhiqaylik. (
I. Òo‘lakov)
99
1. Buyruq-istak mayli deb nimaga aytiladi?
2. Buyruq-istak mayli qaysi qo‘shimñhalar
yordamida hosil
qilinadi?
3. Buyruq-istak maylidagi fe’llarga misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: