78
1-t o p s h i r i q . Berilgan fe’llarni solishtiring, farqlarini ayting.
Òopib olmoq, toshmoq, oqmoq, uxlab qolmoq, bayon
qilmoq, yurmoq, sakramoq, tortib olmoq.
2-t o p s h i r i q . Òasdiqlamoq — tasdiq etmoq, ko‘maklashmoq —
ko‘mak bermoq fe’llarini qiyoslab, farqli tomonlarini toping.
BILIB OLING.
Fe’llar tuzilishiga ko‘ra to‘rt xil
bo‘ladi: a) sodda fe’llar; b) qo‘shma fe’llar; d) juft fe’llar;
e) takroriy fe’llar.
Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub
fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi.
Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq.
Sodda yasama fe’llar so‘z yasovchi qo‘shimchalar
yordamida boshqa so‘z turkumlaridan yasaladi: shod —
shodlanmoq, yangi — yangilamoq, gap — gapirmoq, guv —
guvullamoq, tez — tezlamoq.
197-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Sodda fe’llarni tub va yasama fe’llarga
ajrating. Durroj nima uchun tuzoqqa tushdi? Shu haqda
fikrlashing.
Kunlardan bir kuni Durroj: «Men tuzoqqa tushdim!» —
deb sherni aldadi. Sher o‘zining aldanganini bilib: «Meni alda-
magil, yolg‘onchidan el nafratlanadi», — desa ham, Durroj
quloq solmas, yolg‘onchilikni, aldashni qo‘ymas edi. Bir kuni
Durroj tuzoqqa ilindi va: «Meni tutib oldilar!» — deb qattiq
qichqirdi. Sher «Bu gal ham Durroj meni aldayapti» deb
qutqarishga bormadi. (
Alisher Navoiy)
Ko‘rdingizmi, bolalar! Durroj yolg‘on so‘zlagani, noto‘g‘ri
gapirgani uchun tuzoqqa tushdi.
198-mashq.
Quyidagi fe’llarni ikki guruhga bo‘lib, ko‘chiring.
Birinchi guruhga sodda tub, ikkinchi guruhga sodda yasama fe’llarni
kiriting.
Bilmoq, eslamoq, qutlamoq, ta’sirlanmoq, qo‘ymoq, yo‘l-
lamoq, suvsiramoq, tashlanmoq, g‘ichirlamoq, achchiqlanmoq.
Dostları ilə paylaş: