4 6. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 8 sm ga teng. Eni bo‘yidan
1,5 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.
7. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 20,25 dm
2
ga, eni 3,24 dm ga
teng. Shu to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping.
8. Avtomobil 100 km masofaga 5
l benzin sarflaydi. Bu avto-
mobil: 50 km; 60 km; 70 km; 80 km; 120 km; 250 km;
360 km yo‘lga qancha benzin sarflaydi?
9. Sayyoh yo‘lning
2
7
qismini o‘tdi. Hisoblab ko‘rsa, yo‘lning
yarmiga yetishi uchun yana 9 km yurishi kerak ekan. Say-
yoh jami necha kilometr yo‘l yurishni mo‘ljallagan?
10. Bir avtomobil 100 km masofaga 8
l, ikkinchi avtomobil esa
shuncha masofaga 10
l benzin sarflaydi. Agar har bir
avtomobil bakida 32
l dan benzin bo‘lsa, bu yonilg‘i ular
uchun necha kilometr yo‘lga yetadi?
11. 1) Matoning narxi 20 % pasaytirildi. Ma’lum vaqtdan
so‘ng, yangi narx ham 25 % pasaytirildi. Matoning narxi
jami necha foiz kamaygan?
2) Gazlamaning narxi 20 % ortdi. Ma’lum vaqtdan so‘ng,
yangi narx ham 25 % ortdi. Gazlamaning narxi jami necha
foiz ortdi?
12. Bug‘doyning namligi 23 % edi. U quritilgach, namligi 12 %
ga tushdi. Bug‘doyning massasi necha foizga kamaydi?
13. Tadbirkor 1- va 2- nav mollarni sotib, jami 54 000 so‘m
foyda qildi. 1- nav molning narxi 120 000 so‘m edi, tad-
birkor uni 15 % foydasiga sotdi. 2- nav moldan 20 % foyda
ko‘rdi. 2- nav molning narxi necha so‘m? Ikkala nav mol-
ni sotib, tadbirkor necha foiz foyda ko‘rgan?
14. To‘g‘ri to‘rtburchak asosining uzunligi 20 %, balandligi
25 % orttirilsa, uning yuzi necha foiz ortadi?
15. To‘g‘ri to‘rtburchak asosining uzunligi 10 %, balandligi
20 % kamaytirilsa, uning yuzi necha foiz kamayadi?