14 25. Geologlar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilib, otda soatiga
c kilometr tezlik bilan 3 soat-u 10 minut yurishdi; oqimi-
ning tezligi soatiga
a kilometr bo‘lgan daryoda oqim bo‘yi-
cha 1 soat-u 40 minut solda suzishdi va soatiga
b kilometr
tezlik bilan 2 soat-u 30 minut piyoda yurishdi. Yo‘nalishning
(km lardagi) uzunligini
s harfi bilan belgilab, geologlar bo-
sib o‘tgan yo‘l formulasini yozing. Agar
a = 3,3 km/soat,
b = 5,7 km/soat,
c = 10,5 km/soat bo‘lsa, yo‘nalishning
uzunligini hisoblang.
Algebraik tengliklar, formulalar Ko‘pgina amaliy masalalarni yechishda sonlarni belgilash
uchun harflardan foydalanish qulaydir.
Masalan, agar
a va
b to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining
uzunliklari bo‘lsa, u holda
a ·
b — uning yuzi, 2 · (
a +
b ) —
uning perimetri. Bu yerda
a va
b harflari bilan musbat sonlar —
to‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlarining uzunliklari belgilangan.
Agar to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini
S harfi bilan, perimetrini esa
P bilan belgilasak, u holda quyidagi formulalarni hosil qilamiz:
S =
a ·
b, P =
2 · (
a +
b ).
Agar tomonlar uzunliklari santimetrlarda o‘lchangan bo‘l-
sa, u holda
S yuz kvadrat santimetrlarda,
P perimetr esa
santimetrlarda ifodalanadi.
Yozuvni qisqartirish uchun ko‘paytirish belgisi —„nuqta“
ko‘pincha tushirib qoldiriladi. Masalan,
S =
ab ,
P = 2(
a +
b )
deb yoziladi.
Harflar bilan, shuningdek, tenglamalardagi noma’lum son-
lar ham belgilanadi. Masalan:
x + 12,3
=
95,1 tenglamadagi
noma’lum son
x harfi bilan belgilangan, 2
y + 3
=
7 tengla-
madagi noma’lum son esa
y harfi bilan belgilangan.
Harflar bilan arifmetik amallar qonunlari va xossalarini
yozish ham qulaydir. Masalan:
-
+
=
-
- = - -
(
) (
)
,
a b c a b c a b c (1)
+ × = × + ×
(
)
,
a b c a c b c (2)
+
=
+
(
) :
:
: .
a b c a c b c (3)