Nafas ustida ishlash.
Kar bola odatda to‘la yoki me’yoridagi vital (nonutqiy) nafasga ega bo‘ladi.
Agar karlarga bir nafasda mumkin qadar ko‘p bo‘g‘in va alohida tovushlarni uzoq talaffuz qilish talab qilinsa, ovoz va artikulyatsion apparati rivojlanmaganligi sababli eshituvchilar kabi bu topshiriqni to‘laqonli bajara olmaydi.
Kar bolada nutqiy nafasni rivojlantirish uchun nafas o‘yinlari, qog‘oz parchalarini puflab turish, pufaklarni puflash, havoda paxtani puflash, stol bo‘ylab qalamlarni tebratish kabi nafas, o‘yin-mashqlarini o‘tkazish, unlilarni cho‘zib qator bo‘g‘inlarni, butun so‘z va jumlalarni bir nafasda talaffuz qildirish talab etiladi.
Sekin-sekin nafas chiqarishning davomiyligiga talab kuchayadi. Agar tayyorlov sinfda bir nafasda 4-5 bo‘g‘inli so‘z, jumlalarni talaffuz qilsalar (masalan: Men yozdim), 3 sinfda jumlalar uzunligi 10-12 ta bo‘g‘inga yetadi. (Masalan: Men qiziqarli kitob o‘qidim.).
Dostları ilə paylaş: |