2-sinfning II chorakdan boshlab bir, ikki amalli oddiy, murakkab bo‘lmagan arifmetik masalalar beriladi. Masala haqida tasavvur mustahkamlanib boradi, masalaning matnini tushunish, uni predmetlar, rasmlar orqali tasvirlash, so‘roq qo‘yish, yechimini bajarish, daftarda ifodalab yozish o‘rgatiladi. Jamoa bo‘lib va yakka tartibda mustaqil ravishda sodda arifmetik masalalar tuzish, matni tayyor masalalarga raqamli ifodalar qo‘yib, so‘roq qo‘yish va yechish o‘rgatiladi.
O‘quv fanining umumiy xarakteristikasi. Matematika bo‘yicha mazkur dastlabki kurs eshitishida muammolari bo‘lgan (kar, zaif eshituvchi) bolalarni matematikani tizimli o‘rganishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek bolalarda mantiqiy, nutqiy tafakkuri, fikrlashini riojlantirish, kamchiliklarini to‘g‘rilashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |