Maqolning mag‘zi. Maqollar bilan bog‘liq mavzuda berilgan audiomatnni tinglash orqali maqollar va ularning mazmuni bilan tanishishga oid topshiriqlar. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar. So‘roq berish orqali shaxs va narsa nomlarini ajrata olish mashqlari.
Berilgan matn mazmuni yuzasidan suhbat qurish, boʻgʻinga ajratilmaydigan soʻzlar bilan tanishish, ularning imlosi va talaffuzi bilan bog‘liq mashq
va topshiriqlar ustida ishlash. Yonma-yon kelgan har xil undoshli va bir xil undoshli so‘zlarning bo‘g‘inlarga ajratilishi bilan bog‘liq mashqlarni bajarish.
Maqollar va gaplarni ular ifodalangan mazmun bo‘yicha tahlil qilish, maqol va gapni farqlay olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
So‘zlarning ko‘chma ma’nosi. Matnda ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarning ma’nosini kontekstdan tushunish. Matn mazmuniga mos maqol tanlash.
Dostları ilə paylaş: |