V. Boʻlim. Til va dil
(21 soat)
She’r bo‘ladigan so‘zlar. Til haqidagi she’rni tinglash, unda qo‘llanilgan so‘zlarning ma’nolari bilan tanishish. She’r matni yordamida soʻzlashuv tili
va badiiy nutqning o‘rtasidagi farqni tushunish bilan bog‘liq topshiriqlar ustida ishlash. She’riy matnda ohangdoshlikni hosil qiluvchi so‘zlarni aniqlash, she’riy matnni o‘qish qoidalari bilan tanishish.
Tasviriy ifoda, undan foydalanish. Berilgan matn tarkibidagi tasviriy ifodalarni aniqlash, ularning nutqni boyitishdagi ahamiyati haqida suhbatlashish. Muayyan narsa va shaxslar haqidagi tasviriy ifodalar yordamida 2 yoki undan ortiq gapdan iborat matn yaratish, matnni yaratishda bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga rioya qilish.
Soʻzlarning koʻp ma’no anglatishi. Ko‘p ma’no anglatuvchi so‘zlar bilan tanishish, ko‘p ma’no anglatuvchi so‘zlar bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
She’riy nutqga xos bo‘lgan xususiyatlar: qofiya, ohang. Badiiy nutqdagi o‘xshatishlarni va sifatlashlarni tushunish.
Dostları ilə paylaş: |