VII. Boʻlim. O‘quv yili oxirida takrorlash
(8 soat)
Ushbu soatlarda o‘quvchining yil davomida o‘qib, eshitib tushunish, og‘zaki va yozma nutqqa oid bilim, ko‘nikma va malakalari sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalari asosida qo‘shimcha ta’limiy ishlar amalga oshiriladi.
Talaffuzga o‘rgatish fanidan o‘quv dasturi
Tushuntirish xati
(1-2-sinflar uchun)
Eshitmaydigan bolaning nutqni egallash jarayoni murakkab va maxsus tashkil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Chunki sog‘lom bola eshitib taqlid qilib egallaydigan ovozli nutqni, eshitish qobiliyati buzilgan, nutqni ilgari eshitmagan bola, o‘qituvchining artikulyasiyasiga taqlid qilganda ham, uning ovozli nutqini ifodalay olmaydi. Shu sababli eshitmaydigan bola avval nutqni eshitishni o‘rganib keyin uning talaffuzini egallaydi.
Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar maxsus maktablarida talaffuzga o‘rgatish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi:
Birinchi yo‘l - maxsus, yakka tartibda amalga oshiriladigan korreksiya mashg‘ulotlarida.
Ikkinchi yo‘l - barcha darslar davomida va darsdan keyin, sinfdan tashqari vaqtda, (butun kun davomida) tarbiyaviy mashg‘ulotlar davomida.
Kar, zaif eshituvchi bolalarning ta’limida, xususan ona tili ta’limida, o‘quvchilarga to‘g‘ri, aniq, ravon gapirishni o‘rgatish asosiy ta’limiy va korreksion maqsad bo‘lib, bunga eshitish qobiliyatini rivojlantirish va undan keng miqyosda foydalanish asosida erishish ko‘zda tutiladi.
O‘quvchilarga o‘zbek tili tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish uchun mutaxassis o‘qituvchi o‘zbek tili me’yorlari, uning talaffuz me’yorlarini mukammal bilishi talab qilinadi. Ya’ni o‘zbek tili fonemalari haqida, ularning so‘zlardagi pozitsion o‘zgarishlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |