Sonlar va rasmlar ketma-ketligiga doir masalalar. Shakllar va rasmlar ketma-ketligidagi qonuniyatni aniqlash, ularni davom ettirishga oid masalalar. Sonlar (rasmlar) ketma-ketligidagi “begona” sonni (rasmni) topish.
Mavzuiy rejalashtirish
№
Bo‘lim va boblar nomi
Soatlar taqsimoti
Jami
Nazariy
Amaliy topshiriq va nazorat ishi
1.
Narsalarning to‘plamlari. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar. 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari.
40
10
30
2.
11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash. 20 ichida qo‘shish va ayirish.
50
10
40
3.
21 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash.
50
20
30
4.
Geometrik shakllar va kattaliklar.
15
8
7
5.
Ma’lumotlar bilan ishlash
10
2
8
Jami:
165
50
115
Tushuntirish xati
(2-sinf uchun)
Ikkinchi sinf dasturida 20 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar qatori tushunchasi. Sonlar qatori modelini tuzish. Sonlar qatorida sonlarning joylashuvi.
Ikki xonali sonlar. Ikki xonali sonning birliklari va o‘nliklari. Ikki xonali sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi shaklida tasvirlash.
Yuz ichida sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘shish usullari. Yuz ichida o‘nlikdan o‘tib qo‘shish usullari. Sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indiga sonni qo‘shish.
20-100 sonlarining tarkibi»mavzusi maxsus ajratib berilgan. Bu mavzuni o‘tishga alohida e’tibor qaratilishi talab qilinadi, chunki unda o‘quvchilarda birinchi sinfdan boshlab sonning tarkibi, hosil bo‘lishi haqida mukammal egallanib, 100 ichidagi sonlar bo‘yicha tushuncha hosil qilinishi maqsad qilib qo‘yiladi. Sonning tarkibi haqidagi tushuncha bu o‘quvchilarni matematika fanidan fundamental bilim olishga , hamda keyingi mavzularni mukammal o‘rgana olishiga ayniqsa, o‘nlikdan oshib qo‘shish, ayrish amallarini o‘rganish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.