Tarkibli masalalar. Ikki amalli masalalar. Yig‘indini va ayirmani topishga doir tarkibli masalalar.
IV. Bo‘lim. Geometrik shakllar va kattaliklar
(15 soat)
Burchak turlari. Burchak turlari. To‘g‘ri burchak. To‘g‘ri burchakdan katta (o‘tmas) yoki kichik (o‘tkir) burchaklar. Katak daftarga to‘g‘ri burchak chizish.
Uchburchaklar va to‘rtburchaklar.Uchburchak va uning elementlari. To‘rtburchak va uning elementlari. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat.
Uzunlik birliklari - detsimetr, metr. Ular orasidagi munosabat. Detsimetr va metr, santimetr. Detsimetr va metr orasidagi munosabatlar. Santimetrlarga bo‘lingan detsimetr modelini yasash.
Aylana va doira.Aylana va doira haqida tushuncha.
Simmetriya. Simmetrik shakllar. Simmetriya o‘qi. Bir yoki bir nechta simmetriya o‘qiga ega shakllarga misollar. Shakllarni buklab simmetrik qismlarga ajratish.