Ikkinchi sinfning II choragida 20 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash o‘rgatiladi. O‘nlikdan oshmasdan, o‘nlikdan oshib qo‘shish, ayirish amallarini bajarish. Ikkinchi o‘nlik sonlarini taqqoslash o‘rgatiladi.
III-IV choraklarda 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar: og‘zaki va yozma sanash, raqamlash, 100 ichida qo‘shish, ayirish, bitta noma’lum sonni topish (jumladan og‘zaki hisoblash, misollar yechish), tegishli matematik terminlarni bilish. Eshitishida muammolari bo‘lgan ayrim bolalardagi so‘zlarni yaxlit talaffuz qilishdagi qiyinchilikni hisobga olib, ayrim hollarda matematik terminlarni aytishda yozuvli kartochkalardan foydalanishi mumkin. Lekin o‘tilayotgan barcha iboralarni, raqamlarning nomlanishini tushunishi, misollarning yechilish tartibi, qoidalarini barcha o‘quvchilar bilishi shart. Noma’lum qo‘shiluvchi va noma’lum kamayuvchi, ayiriluvchilarni topish, qo‘shish va ayirish amallari mustahkam egallangandan so‘ng berilishi mumkin.