I-sinfda o‘tilganlarni takrorlash
(10 soat)
Yig‘indi va ayirmani topishga doir misollar. 30+20, 50-20, 47+3,
38-30, 47-32, 27+32, 36-14 ko‘rinishdagi misol va masalalar.
100 ichida qo‘shish va ayirish amallari. 100 ichida qo‘shish va ayirish. 100 ichida yig‘indini va ayirmani topishga doir matnli masalalar.
Geometrik shakllar va o‘lchashlarga doir masalalar.
I. Bo‘lim. 100 ichida sonlarni qo‘shish
(20 soat)
Sonlar qatori tushunchasi. Sonlar qatori modelini tuzish. Sonlar qatorida sonlarning joylashuvi.
Ikki xonali sonlar. Ikki xonali sonning birliklari va o‘nliklari. Ikki xonali sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi shaklida tasvirlash.
100 ichida sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘shish usullari. Yuz ichida o‘nlikdan o‘tib qo‘shish usullari. Sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indiga sonni qo‘shish.
100 ichida ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo‘shish. Sonlarni ustun shaklida xonadan o‘tib qo‘shish (64+26, 29+37 kabi misollar).
Dostları ilə paylaş: |