Narsalarni xossalari bo‘yicha to‘plamlarga ajratish. Narsalar to‘plami (bir xil, har xil). Narsalardan berilgan xossaga ega bo‘lgan (rangi, o‘lchami, shakli, vazifasiga ko‘ra) bitta yoki bir nechtasini ajratish.
To‘plamlarni taqqoslash. To‘plamlarni undagi narsalar soni bo‘yicha taqqoslash: “katta”, “kichik”, “teng”, “ko’p”, “kam” tushunchalari.
I. Bo‘lim. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar
10 ichida qo‘shish va ayirish
(40 soat)
1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarning atalishi. Natural sonlar qatoridan birinchi o‘nlik sonlarning atalishi va ketma-ketligi.
Narsalarni sanash. Berilgan songa 1 ni qo‘shish bilan undan keyin keladigan sonni hosil qilish, sondan 1 ni ayirish bilan bevosita undan oldin keladigan sonni hosil qilish. Narsalarni 10 ichida to‘g‘ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni raqam yordamida yozish.
“Katta”, “Kichik”, “Teng”, “Teng emas” tushunchalari. “Katta”
va “Kichik” tushunchalari. Sonlarni taqqoslash (teng, teng emas, katta, kichik), “=”, “≠”, “>”, “<” belgilari.
Dostları ilə paylaş: |