ta’lim muassasasi kutubxonasida: - kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish;
sport zali (majmuasi)da: - sport zaliga xos bo‘lgan kiyim va poyabzalda kirish;
- sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
- mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish ustidan sinf raxbar va har bir pedagog xodim ma`suldir.
O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi: ta’lim muassasasida va uning hududida:
- o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish;
- dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish;
- ta’lim muassasasi yo‘laklari, sinf xonalari, oshxona va kutubxonasida asossiz ravishda baland ovozda gaplashish;
- ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa chiqindilarni (belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;
- muqovasida ma’naviyatga zid bo‘lgan tasvirlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanish;
- turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tarqatish;
- ta’lim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik qurollar, o‘tkir kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish;
- uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar hamda pornografik xarakterdagi ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni o‘tkazish;
- uyali aloqa vositalarini bo‘yniga osib olishi, ko‘ylak, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
dars mashg‘ulotlari (sinf xonalari)da: - dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
- mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
- yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
- boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish shart.