Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Ichki tartib qoidalariga rioya qilishi



Yüklə 311,87 Kb.
səhifə2/17
tarix21.12.2023
ölçüsü311,87 Kb.
#188411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
246 Одоб ахлок ички тартиб

2-bob. Ichki tartib qoidalariga rioya qilishi

11. Ta’lim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzat-hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, zo‘ravonlikni oldini olish, do‘stona muhitni yaratish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.


12. Ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar har bir o‘quvchiga e’tiborli munosabatda bo‘ladi, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi va vujudga keladigan muammolarni, shu jumladan, nizoli holatlarni qonunlarga muvofiq tasdiqlangan (va barcha manfaatdor tomonlarga ma’lum qilingan) qoidalar, ta’lim muassasasining ichki tartibiga ko‘ra hal etadi. O‘quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlar maxfiyligini saqlashga qat’iy amal qilinadi.
13. Irqi, millati, diniy e’tiqodi, jinsi, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra, o‘quvchini o‘quv jarayonidan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga, qoidalarni buzganlik majburiy ta’limdan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi (Sud qarorlari bilan maxsus ta’lim muassasasiga yuborish holatlari bundan mustasno).
14. Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga rioya etishlari talab etiladi:
- pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari;
- rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik, hamjihatlik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;
- jamoa a’zolari orasida turli xil zo‘ravonlik va kamsituvchi (bulling)
xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- jamoa a’zolari tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga o‘z vaqtida kelishlari;
- ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarida o‘ng tomonidan yurishlari;
- jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l uzatishlari tavsiya etiladi);
- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari;
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

Yüklə 311,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin