Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim мuassasalari pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 41,62 Kb.
səhifə3/5
tarix14.11.2022
ölçüsü41,62 Kb.
#69009
1   2   3   4   5
1tpJLTag3m8qXgYOw6PyHJEMJacHyBVZmykPp5f2

2. AKT va media savodxonlik kompetentligi ko‘rsatkichlari:
– AKTdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalarini bilishi;
– ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish havfsizligi, mas’uliyati va ahloqiy normalarini bilishi;
– “Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimidan xabardor bo‘lishi;
– ta’lim mazmuniga mos bo‘lgan AKTni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli strategiya va yondashuvlarini bilishi;
– ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan axborot resurslaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
– ommaviy axborot vositalaridagi media kontentni tushunishi, media savodxonlik elementlarini o‘zida mujassam etgan holda ularni o‘quvchilarda shakllantirish metodikasini bilishi;
– turli vositalar orqali turli shakldagi axborotlarni tahlil qilish, baholash, boshqarish va yangi ma’lumotlarni yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.


3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish kompetentligi ko‘rsatkichlari:
– butun hayot davomida ta’lim olish g‘oyasi (lifelong learning) mazmun-mohiyatini bilishi;
– kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish yo‘llari, usul va vositalarini bilishi;
– uzluksiz malaka oshirishni amalga oshirishda elektron ta’lim (e-learing), individual ta’lim traektoriyasi (personal learning space) va muhiti (personal learning envirenment), Uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi va undan foydalanish bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
– umumta’lim maktablari yoshlar yetakchilari imiji va muloqot madaniyati (Self-menejment)ni bilishi;
– o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar va umumta’lim fanlarining DTSlari talablaridan kelib chiqib o‘z kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishlarini bilishi;
– kasbiy rivojlanishiga oid manbalarbilan ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, ulardan foydalangan holda o‘zining va maktab ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy malakasini oshirishni, kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘quvlar, ularni tanlash strategiyasini bilishi;
– kollegial forumlar haqida tushunchaga, kasbiy bilim va mahoratini oshirish, yoshlar yetakchilari mahoratini takomillashtirishda kollegial forumlardan foydalanishni bilishi



Yüklə 41,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin