3. Quyidagi malakalarni egallagan boʻlishi shart: - kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
- fikr bildirishni, tuzatishlar kiritishni, olqishlashni, savollar berishni, boshqalar fikrini hurmat qilish;
- muloqot maneralaridan samarali foydalanish;
- jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish;
- ota-onalar bilan o‘za’ro hurmat asosiga qurilgan munosabatlarni o‘rnata olish.
Quyidagi kompetensiyalarni egallagan bo‘lishi shart: 1. Pedagog xodimlarningkommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish kompetentligi ko‘rsatkichlari: - O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun mohiyatini bilishi;
- davr talabi asosida milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida ta’lim-tarbiya sohasi oldida turgan dolzarb muammolar. Yuksak ma’naviyatli pedagog – bugungi davr talabi ekanligi. Yuksak ma’naviyatli pedagoglarni shakllantirish: muammo va yechimlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF6108-son Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarori, 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ4963-son Qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni va boshqa ta’lim sohasiga oid me’yoriy hujjatlar mazmunini bilishi;
- o‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini qo‘llab‑quvvatlashning verbal va noverbal usullari: fikr bildirish, tuzatishlar kiritish, olqishlash, savollar berish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- boshqalar fikrini hurmat qilishi, o‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarish qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan samarali foydalanishni bilishi;
- o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruxlantiruvchi) muloqot manerallarini bilishi;
- ta’lim jarayoni sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘quv ehtiyojlarini qondirishda o‘z hamkasblari bilan AKTning turli vositalari yordamida muloqotni o‘rnatishi va hamkorlik qilishi;
- o‘qituvchilarning global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlari va ulardan ta’lim sifatini oshirishda foydalanishni bilishi;
- PR (jamoatchilik bilan aloqalar)ni tashkil etish usullarini bilishi, ota‑onalar bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatishi;
- boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan muloqot manerallari haqida xabardor bo‘lishi.