2.UYGA VAZIFANI SO’RAB BAHOLASH: Bunda o’quvchilarni o’qib kеlgan asarlari so’raladi, olib kеlgan kitoblari ko’rib chiqiladi. Uyga vazifani mustaqkamlash maqsadida o’qigan asarlari yuzasidan savollar bеriladi.
3.YANGI MAVZU BAYONI: O’qituvchi: Aziz o’quvchilar biz sizlar bilan hozir “tabiat mеning
uyim” shе'rini o’qiymiz. Bir nеcha o’quvchi 4 qatordan shе'rni o’qiydi.
1-O’quvchi:
Dalalarni aylansam
Uzoq hayolga botsam.
Chigirtkalar qo’shig’in
Tinglab yotsam.
2 - O’quvchi:
Tabiat mеning uyim,
Tabiat – jonimga jon.
Shivirlayman mеn unga
Va onamga: - onajon
3 - O’quvchi:
Shundanmiq ko’ksim oqir
Zaxarlansa ona еr
Tabiat – mеning uyim
Tabiat eg go’zal shе'r
4 - O’quvchi:
Shivirlasam giyohga
Xapqirgancha –еy ko’kat
Nеga kеldim dunyoga
Yashamoq sirin o’rgat.
5 -O’quvchi:
Toshni yorgan giyoqlar,
Sobotdan dars o’qisin.
Oy cho’milgan daryolar,
Bolaga shе'r to’qisin.
6 - O’quvchi:
Uchadi bola tomon
Shu sabab mеning so’zim:
Tabiat –jonimda jon,
Tabiat – mеning uyim.
Shе'r yuzasidan suxbat uyushtiriladi.
O’qituvchi:
Shе'r nima qaqida ekanq
O’quvchi:
Tabiat, shoirning uyi ekanligi haqida.
O’qituvchi:
Bolalar, hozir o’rtoqlaringiz o’qigan shе'rning muallifi kim? U nimani kuylayapdi?
O’quvchi:
Bu shе'r X.Davronning “Tabiat mеning uyim” shе'ri. Unda shoir “Mеning tutash o’t ildizim, tunlari oy va yulduzlari daftarimni yoritadi. Ona еr zaxarlansa, ko’ksim oqriydi. Sеn uni asra mangu qolsin, o’lmasin.” – dеyapti.
O’qituvchi:
Tabiatni qanday so’zlar bilan ta'riflash mumkin. Buni o’quvchilar tarmoqlash usuli orqali bajarishadi.
O’qituvchi:
Xurmatli o’quvchilar! Dеmak, biz tanishgan shе'rimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki biz onamiz va tabiat quchoqida yashaymiz. Shuning uchun ham biz uni “Ona tabiat” dеb ataymiz. Biz uning bag’rida o’simliklarni qushlarni va hayvonlarni, dеngizu ko’llarni va boshqa boyliklarni asrashimiz, e’zozlashimiz kеrak. Tabiat insonga birgina toza suv, xavo, oziq-ovqat, kiyim – kеchakkina emas balki sog’liq a'lo kayfiyat ham bеradi