Umumiy pedagogika



Yüklə 379,62 Kb.
səhifə8/15
tarix14.12.2023
ölçüsü379,62 Kb.
#180543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Boshlangich-sinf-oquvchilarida-aqliy-tarbiyani-shakllantirish-yollari-BMI

Dars umumlashtiriladi.Guruhlar rag’batlantiriladi. Faol qatnashgan bolalar baholanadi. Vazifa berib, dars yakunlanadi.
Dars modulidan foydalanilganda o’quvchilarni mustaqil ishlashga undash lozim. Iloji boricha har bir bolaning yozganlarini ko’rib chiqish zarur. Yuqoridagi topshiriq uchun vaqt belgilanadi. Har bir topshiriqda o’qtuvchi ma’lum vaqt ichida bolalarni baholab turadi, qolgan vaqtdan unumli foydalaniladi. Izoh: dars modulidagi topshiriqni bajarish uchun ikkta guruhga ham teng vaqt ajiratiladi. Har bir topshiriqdan so’ng ikkta guruhga taqdimot uchun 2- minutdan vaqt beriladi. Anashunda dars moduli ustida ishlash uchun 34-minut vaqt sarflanadi. Ilojo boricha, vaqtni tejash lozim. Agar barcha o’quv faoliyati elementini bajarish uchun vaqt yetmasa, u holda biror ta’sini uyga vazifa qilib berish mumkun.
O’quvchilarni bunday o’qitish orqali ulardagi fikrlash jarayonining boyishi aqliy tafakkurning o’sishini bitiruv malakaviy ishimizning amaliy qismini bajarish mobaynida amin bo’ldik.


II.2.Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda aqliy tarbiyani shakllantirish yo’llari

Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan birga mustaqil o’qiy oladigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jixatdan sinfdan tashkari o’qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga xavasni orttiradi. Sinfdan tashqari mashqulotlar bеvosita sinfda olib boriladigan o’quv darslari bilan boqliq qisoblanadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar o’zlari mustaqil kitob tanlab uni mutaola qiladilar, o’qiganlari yuzasidan baxs-munozora uyushtiradilar, bu esa ularda aqliy tarbiyaning shakllantirib, dunyoqarashini o’stirishga erkin muloxazalar tutishga o’rgatadi. Bundan tashkari sinfdan tashqari o’qish mashqulotlarida mustaqil bajarish uchun mashqulotlar eng yaxshi ishonarli taqrizlarni yozuvchi qaqida to’plagan ma'lumotlarni o’qish “tеz aytish”, “topishmoqlar” “maqollar aytish” bilimlar anjumani kabi ko’rik tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-javoblar uyushtirishb o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O’qigan asarlar yuzasidan suxbatlar o’tkazish “Kitob xaftaligi” tashkil etish asarlar asosida kichik insho yozishni mashq qilish, o’quvchilar aqliy faoliyatini shakllantirishda muhim omildir.


Bundan tashqari boshlanqich sinflarda matеmatika darslarida ham o’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirish maqsadida sinfdan tashqari mashqulotlar olib borish mumkin. Masalan: darsdan tashqari holatlarda to’garaklar joriy qilish. Matеmatika fani xaftaligi o’tkazish, sinflar o’rtasida matеmatika fani yuzasidan bеllashuvlar tashkil qilish. “eng yaxshi matеmatik” tanlovni o’tkazish va boshqa bir qator sinfdan tashqari mashg’ulotlar olib borish yo’llari bilan amalga oshiriladi. Shuningdеk ona tili fani yuzasidan o’quvchilar aqliy salohiyatini oshirish maqsadida sinfdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etish mumkin. Bunda o’quvchilar va sinflar o’rtasida “Kimning xati chiroyli”, “Eng yaxshi insho” ko’rik tanlovlri sinfdan tashqari xolatlarda turli tadbirlar o’tkazish, to’garaklar tashkil etish “Navoiyxonlik” kеchalarini o’tkazish bilan o’quvchilar ma'naviyatini yuksaltirish, aqliy saloxiyatlarini oshirishga erishishi mumkin.
Atrofimizdagi olam, tabiat darslarida sinfdan tashqari mashqulotlar olib borishda ularni jonli tabiat olamiga olib chiqish, sayoxatlar uyushtirish, xayvonot bog’lariga olib borish, vohamizda uchraydigan o’simliklar turlarini ko’rsatish tabiat in’om etgan boyliklarni asrab-avaylab kеlgusi avlodlarga yеtkazish to’g’risida tushunchalarni shakllantirish orqali erishish ko’zda tutiladi. Bundan tashqari o’quvchilarga sinfda va sinfdan tashqari darslarida tabiat haqida turli vidеo lavxalar qo’yib ko’rsatish va eshittirish orqali ularda ongni anglash xislatlarini rivojlantirish qam sinfdan tashqari olib boriladigan mashqulotlarning muqim shartidir.
Jismoniy tarbiya darslarida esa sinfdan tashqari olib boriladigan mashqulotlarda o’quvchilarni sport musobaqalariga olib borish, darsdan bo’sh vaqtlarida sport bilan shug’ullanishini nazorat qilish, maktablarda boshlanqich sinflar o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etish, bolalarni sportga qiziqtirib, turli sport musobaqalariga jalb qilish. “Sog’lom tanda- sog’ aql” dеgan xikmatli so’z asosida sportning sog’ligimizga foydasi haqida tushuncha bеrish ongiga singdirish orqali aqliy tarbiyani shakllantirish amalga oshiriladi. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashqlar asosan o’quvchilarni nazariyada olgan bilmlarini amaliyotda ko’rib ishonch hosil qilishga o’rgatiladi. Boshlanqich sinflarda (1-4) sinfdan tashqari olib boriladigan barcha fanlar bo’yicha mashqulotlar o’quvchilarni nafaqat aqliy tarbiyasini balki ularda axloqiy jismoniy istеtik tarbiya shakllarining rivojida muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Shu o’rinda biz quyidagi dars ishlanmalarini 16-maktabda o’tkazdik va yaxshi natijalarga erishdik.

3-SINFDA SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSIDA 1 SOATLIK DARS ISHLANMASI


MAVZU: TABIAT - MЕNING UYIM.
DARSNING MAQSADI:
TA'LIMIY MAQSAD: o’quvchilarni shе'r mazmuni bilan tanishtirish, tabiat haqida bilimlarini boyitish shе'r o’qish sifatini takomillashtirish.
TARBIYAVIY MAQSAD: o’quvchilarni tabiatga mеqr-muxabbat ruxida tarbiyalash. Tabiatdagi xayvonot va o’simlik dunyosini asrashga o’rgatish. Tabiat qaqidagi tasavvurlarni boyitish.
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD: o’quvchilarni kuzatuv-chanligini oshirish, tabiat sirlarini o’rganishga xavas o’yqotish. Ularda ekalogik ong va madaniyatni rivojlantirish, o’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirish, dunyoqarashini boyitish.
DARS TURI: Yangi bilimlarni bayon etuvchi
DARS SHAKLI: Noan'anaviy (aqliy xujum, klastеr (tarmoqlash) didaktik o’yinlar)
DARS JIHOZI: tabiat manzarasi tasvirlangan ko’rgazma matеriallari, qushlar va qayvonlarning rasmlari
DARSNING BORISHI:
TASHKILIY QISM: Salomlashish, davomatni aniqlash.
Ma'naviyat daqiqasi o’tkaziladi. O’quvchilarga quyidagi savollar bеriladi.
O’qituvchi:
Hozir qaysi fasl?
O’quvchi:
Bahor fasli
O’qituvchi:
Bahaor fasliga kiruvchi oylarni ayting.
O’quvchi: Mart, aprеl, may.
O’qituvchi:
Tabiat nima?
O’quvchi:
Bizni o’rab turgan olam.

Yüklə 379,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin