O'qituvchi: Hozir darsimiz o'qish. "O'qish kitobi" nima deydi?
O'quvchilar kitob tilidan so'zlaydilar.
Birinchi o'quvchi: Yozuvchilar,shoirlar,
Hayotidan so'zlayman.
Navoiy va Boburlar,
Ijodidan so'zlayman.
Ikkinchi o'quvchi: Qaynab toshar ilhomim,
Qissa-yu, se'r hikoya.
Qiziqib o'qisangiz,
Hursandman benihoya.
O'qituvchi: Hozir o'lkamizda qaysi fasl?
O'quvchilar:Hozir o'lkamizda bahor fasli.
O'qituvchi:Aziz bolajonlar, darsimiz noan'aviy tarzda o'tkazilayotgani bios guruhlarga bo'linib olamiz.
Birinchi qatorni -"Lola", ikkinchi qatorni -"Binafsha", uchinchi qatorni -"Boychechak" deb nomlab olamiz!
O'qituvchi: Aytingchi, bolalar, bayramlar ichida eng qadrlisi qaysi?
O'quvchilar: Navro'z, yangi yil, Mustaqillik, Bilimlar kuni, O'qituvchilar va murabbiylar kuni.
O'quvchilar bu yil katta tantanalar bilan nishonlangan buyuk Istiqlolimizning 22 yilligiga bag'ishlangan she'rlardan aytadilar.
O'qituvchi: Sizni oq yuvib oq taragan inson kim?
O'quvchilar: Onajonimiz!
O'qituvchi: Demak onajonlarimiz chaqirganda doimo "Labbay" deb, ish buyursalar"Xop bo'ladi" deb bajarishimiz kerak ekan.
Quvnoq daqiqa o'tkaziladi: Elakka un elandi,
Supra unga belandi.
Hamir qordik ko'pgina.
Kulcha yopdik ko'pgina.
O'qituvchi: Bizga issiq nonlar yopib bergan onajonlarimizga nima deyish kerak?
O'quvchilar savolga she'r bilan javob beradilar.
Non yopganda, non yopganda,
Mening oyim, mening oyim.
Kichik kulcha, shirin kulcha,
Yopar doim,yopar doim.
Kulcha juda mazali,
Sedanali, jizzali,
Yegan sari, yegim kelar.
"Raxmat oyi" degim kelar.
O'qituvchi: Diqqat qiling! Hozirgi aytadigan gapim ikki so'zdan - uning birinchi uch harfdan, ikkinchi so'z to'rt harfdan iboratdir.
Birinchi so'zning birinchi harfi harflar jadvalidagi 14-o'rinda, Keyingisi -13- o'rinda va oxirgisi -1-o'rinda joylashgan.
Ikkinchi so'zning birinchi harfi harflar jadvalidadagi 1- o'rindan, keyingisi 24- o'rindan, uchinchi harf 8-o'rindan va oxirgi harf ham 24- ho'rindan joy olgan. So'zni birinchi bo'lib topgan guruhlar rag'batlantiriladi.