Umumiy psixologiya fanining uslubiy majmua



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə9/30
tarix24.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#160359
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
3kurs sirti majmua

Xarakter tipologiyasi
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko’rilgan. Nemis psixologi va psixiatri E.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.Sheldon, E.Fromm, K.Leongard va A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etilgan. Inson xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g’oyalarga muvofiq tarzda tashkil etilgan.
1.Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida namoyon bo’la boshlaydi va butun hayot davomida barqaror bo’lib boradi.
2.Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushgan emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan iborat. 3.Mazkur tipologiyaga ko’ra ko’pchilik kishilarni ma'lum guruhlarga birlashtirish mumkin.
E.Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitusiyasiga ko’ra, eng ko’p uchraydigan uchta tipni ajratib ko’rsatgan (astenik, atletik, piknik). Ularning har biri shaxsni ma'lum xarakter tiplari bilan bog’langan bo’lsa ham, aslida hech qanday ilmiy asoslab bo’lmaydi. 1.Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo’lmagan gavda tuzilishli, o’rtacha yoki undan balandroq bo’yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi nozik, yelkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan. 2.Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o’rtachadan yuqori, baland bo’yli, keng elkali, kuchli ko’krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir. 3.Piknik tip - bosh, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch-harakat a'zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir. E.Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruhiy kasallik o’rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi. E.Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo’lsa ham kamchiliklarga ega. Ba'zi ilmiy tadqiqotlar ma'lum tana tuzilishiga ega kishilar ruhiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aksentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi. Xarakter borasidagi nazariyalar. Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha, buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni, echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi. Xarakterni aniqlashning bu va shunga o’xshash fiziologik tizimi aqlsadosini biz, masalan, o’rta asrlik Suriyalik yozuvchi Abul-Faraj Bar Ebreyda ko’ramiz. Uning kitobida shunday ko’rsatma mujassamlashgandir: "Yo’g’on va kalta bo’yli kishi bo’yval singari qahr g’azabga kelishi moyilligiga ega". Uzun va ingichka bo’yli qo’rqoqlik alomati. Bunday kishi bug’u singari hurkadigan bo’ladiki, "Qaysi birining bo’yni juda kichik bo’lsa, tulki singari makkor bo’ladi". XVIII asrda Iogann Kaspar Lafaterning fiziologik tizimi mashhur bo’lib ketdi. U inson boshi "qalbini ko’rsatadigan oyna" bo’lib sanaladi va uning tuzilishini, bosh suyagining konfigurasiyani, imo-ishorasini o’rganish kishi xarakterini o’rganishning asosiy yo’li deb hisobladi. Lafater taniqli odamlar shaxsi ustidan bir qator oqilona kuzatishlar qoldirdi. Ular uning ilmiy jihatdan mutlaqo ahamiyatsiz, lekin juda qiziqarli "Fiziognomika" kitobida yig’ilgandir. Lafaterning fikriga ko’ra, Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning, "burni dalolat beradiki, u Gyote pozisiyasining "mahsuldorligini, mazmuni va muhabbatini - qayd etadi". Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan yangi xarakteriologik ta'limot frenologiya degan nom oldi. 308 Frenologiya nemis vrachi Frans Gallning nomi bilan boqlangandir. Gallv ta'limotining asosida xarakterning barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o’zlarining qat'iy ixtisoslashgan markazlarga ega degan tasdiq yotadi. Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridanto’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra, bosh suyaklari miyaning qavariq va chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgilarini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash yoki shunchaki boshning "Bo’rtik joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak. Bu ta'limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs xususiyatlariga bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi nihoyat darajada noto’g’ridir. Charlz Darvin ham o’zining "Odamda va hayvonlarda his-tuyg’ularning ifodalanishi to’g’risida" degan kitobida yozgan ediki, fiziognomistik "Har bir individning o’z shaxsiy qizi ishlariga erishib, faqat yuzlaridagi asosan ma'lum bir muskullarni qisqartirishi, bu muskullar kuchliroq rivojlangan bo’lishi mumkinligi va shuning uchun bu liniyalar va ularning odatdagi qisqarishidan paydo bo’ladigan yuz qisqarishi ancha chuqur va ko’zga ko’rinarli bo’lishi mumkinligini jiddiy ravishda bilishi kerak. Darvinning bu g’oyalari ko’pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos bo’ldi. Ular o’zlarining fiziognomik ta'limotlarini yuz ifodasining tavsiflanishi va tushuntirilishi hamda uning yumshoq to’qimalari holati asosiga qurila boshladilar. Mimikani psixologik jihatdan tushuntirib beradigan o’ziga xos fiziognomik ma'lumotlar tuzildi. Xarakterning shakllanishi Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’zo’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir. Kishining butun hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta'sir ko’rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota-onasiga, yaqin kishilariga va kattalarga o’xshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish-turishlari, dasturxon atrofida o’zini tutishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklar va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota-onalar va o’qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o’zlariga ham 309 e'tibor bilan qarashlari, o’zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim. Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalab yetkazmoq uchun ota-onalar va tarbiyachilarning o’zlari bunday sifatlarga ega bo’lishlari lozim. Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning roli katta. o’sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta ma'suliyatli vazifa ota-onalar, o’qituvchilar va bolalar bog’chasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog bolaning temperamenti ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo’qotishdan va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yo’qotish, ijobiy tomonlarini tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining o’z temperamentini o’zi idora qilishiga o’rgatishi lozim. o’z temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy xislatidir. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tarzda hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya'ni muayyan oilada, maktabda, sexda va hokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’indir. Har bir o’qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta'sir qilib, ijobiy natijalarga erishishi mumkin. Xarakterning tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy xislatlari bolalar bog’chasida o’yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To’g’ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o’quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom-sarishtalik, o’z-o’zini tuta bilish, o’zini idora qilish, o’ziga nisbatan talabchan bo’lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada birbir bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o’zining xarakter xususiyatlarini bilib oladi. Xarakterni bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o’z xarakterini o’zi tarbiyalash, jumladan, o’z xarakterini qaytadan tarbiyalashni yo’lga soladi. Har bir kishi ma'lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun o’zi javobgardir. o’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko’zda tutmog’i lozim. o’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini yo’qotishga boshlaydi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin