Umumiy psixologiya fanining uslubiy majmua


-MAVZU: Temperament. Xarakter. Qobiliyat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/30
tarix24.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#160359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
3kurs sirti majmua

4-MAVZU: Temperament. Xarakter. Qobiliyat.
REJA:

  1. Temperament, uning psixologik tavsifi va fiziologik asoslari. Temteramentning asosiy komponentlari. Temperament va individual faoliyat uslubi.

  2. Temperament nazariyalari: gumoral (E.Kant, U.Sheldon), energetik (V.Vundt), konstitutsional (K.Sigo, E.Krechmer), faktorli- psixologik (K.Yung, L.Terstoun) , psixofiziologik (V.S.Merlin, B.M.Teplov). I.P.Pavlov va G.Ayzenkning temperamentni o‘rganish parametrlari.

  3. Xarakter va uning shakllanishi. Xarakter va individual turmush tarzi.

  4. Psixopatiya va xarakter aksentuatsiyasi: ta’riflari, asosiy belgilari, turlari, kuchsiz tip tushunchasi (Gannushkin, Lichko)

  5. Qobiliyat tushunchasi. Qobiliyatlarni aniqlash. Qobiliyat va moyillik.

  6. Qobiliyat va iqtidor. Rivojlanish va qobiliyat. Qobiliyatlarni rivojlantirishda sezgir davrlar.

Insonning ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to’g’risidagi taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli, ko’lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko’rsatadilar. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar o’rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o’ziga xos tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq:
1. Favqulotda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida ifodalanadi.
2. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir bo’lagida (ta'sirga beriluvchanligi sababligidan qat'iy nazar) barqaror, o’zgarmas va mustahkamdir.
3. Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o’zaro birbiri bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o’ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi.
Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o’zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo’lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o’zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi. Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-xil bo’lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha "temperamentum" degan so’zdan olingan bo’lib, buning ma'nosi "aralashma" degan tushunchani anglatadi. Temperament to’g’risidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460 - 356 yillarda yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo’llanilib kelinmoqda. Temperamentning fiziologik asoslari Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta'limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o’zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a'zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog’liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta'biricha, inson tanasida to’rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo’lib, ular o’t yoki safro (yunoncha "chole"), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o’t (yunoncha melas "qora", chole "o’t"), balg’am (yunoncha "phlegma") kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:
1. O’tning xususiyati - quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir.
2. Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.
3. Qora o’tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir.
4. Balg’amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta'limotiga muvofiq har bir insonda shu to’rt xil suyuqlik mavjud bo’lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo’lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o’t, sangvinikda qon, flegmatikda balg’am, melanxolikda qora o’t ustun bo’lishi ta'kidlanadi. Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya'ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, 291 melanxolik) ramziy ma'noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o’z hissasini qo’shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) hisoblanadi. I.P.Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I.P.Pavlov ta'limoti bo’yicha, shartli reflekslar paydo bo’lishining individual xususiyatlari ro’yobga chiqishining sabablari nerv sistemasini xususiyatlari mohiyatidandir. Unga ko’ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko’rsatadi:
1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi;
2) qo’zg’alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o’rtasidagi muvozanatlilik darajasi;
3) qo’zg’alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi.
I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o’zaro qo’shiluvini nerv sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to’rtta tipga ajratadi.
Ular quyidagilardan iborat.
1. Kuchli, muvozanatli, epchil;
2. Kuchli, muvozanatsiz, epchil;
3. Kuchli, muvozanatli, sust;
4. Kuchli, muvozanatsiz sust.
Yirik rus psixologlaridan biri B.M.Teplov (1896 - 1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I.P.Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o’ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo’ldilar. Ular nerv-fiziologik jarayonlarning nozik hirralarini o’rganishga maxsus moslamalar yordami bilan o’zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar. Shuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyondalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo’lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta'riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining
Temperament sangvinik xolerik flegmatik melanxolik muvozanatlashgan muvozanatlashmagan sust kuchsiz nerv sistemasi tiplari bir guruh individual xususiyatlari qo’zg’alish jarayoni to’xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik deb atay boshlaganlar. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to’g’risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi. Nerv sistemasining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta'limotini eslash maqsadga muvofiqdir, chunonchi irsiyat yo’li bilan shartlangan tip-bu genotip demakdir. Hozirgi davrda nerv sistemasining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog’liq ekanligi haqidagi ma'lumotlar, juda ko’p bo’lib, ular qiyosiy jihatdan hayvonlarni o’rganish natijasida topilgandir.
Temperamentning tipologiyasi mobodo insonlar temperamentlari bo’yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o’zaro o’xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo’ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to’g’risida materiallar to’plangan. I.P. Pavlov ta'limoti bo’yicha nerv sistemasi tiplarining va Gippokrat ta'limoti bo’yicha temperamentning o’zaro munosabatlari Temperament tiplari Нервсистемасинингкучи Nerv tizimining muvozanati Nerv tizimining ildamligi Xolerik Kuchli jo'shqin Muvozanatsiz qizg'in Serharakat Sangvinik Kuchli serharakat Muvozanatli Serharakat Flegmatik Kuchli vazmin Muvozanatli Inert (sust) Melanxolik Kuchsiz Muvozanatsiz tormozli Serharakat yoki inert Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig’indisi (majmuasi) tushuniladi. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma'lum insonlar guruhi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o’zaro bog’liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o’zaro bog’liqligi quyidagicha aks etishi mumkin.
1.Senzitivlik (lotincha Sensus - sezish, his qilish degan ma'no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo’lgan o’ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo’lishi uchun kerak qo’zg’ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
2.Reaktivlik. Bu to’g’rida aynan bir xil kuch bilan ta'sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emosional reaksiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro’yobga chiqishi-emosionallik, ta'sirlanuvchanlikda ifodalanishidir.
3.Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta'sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob'ektiv hamda sub'ektiv qaramaqarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi.
4.Reaktivlik bilan faollikning o’zaro munosabati. Odamning faoliyati ko’p jihatdan nimaga bog’liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlariga ko’ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
5.Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish tezligiga, nutq sur'atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi. 6.Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o’zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) nisbatan baho berishdan iboratdir.
7.Ekstravertlik va introvertlik. Shaxsning faoliyati va reaksiyasi ko’p jihatdan Senzitivlik Reaktivlik Faollik Reaksiya tempi Ekstraverlik va intraventlik Harakatlarning silliqligi (qotib qolganligi) Reaktivlik va faollikning o'zaro munosabati
Temperament tiplarining psixologik tavsifnomasi kechinmalarga bog’liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir. Temperament tiplarining tavsifnomasi Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari ro’y beradi. Temperament tiplariga mos xususiyatlarni muhimlari quyidagi jadvalda aks ettiriladi. Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo’lar-bo’lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo’lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo’r qo’zg’alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko’rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo’lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to’playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug’lik qo’zg’ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda qayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo’l ko’tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o’z hissiyotlarining namoyon bo’lishini va o’zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to’playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o’zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko’cha oladi. Malakalarni tez o’zlashtiradi va tez qayta o’zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. o’tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashq taassurotlarga javob beradi. Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo’proq qotib qolgan. Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo’lar-bo’lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo’lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo’r qo’zg’alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko’rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo’lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to’playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug’lik qo’zg’ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda qayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo’l ko’tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o’z hissiyotlarining namoyon bo’lishini va o’zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to’playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o’zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko’cha oladi. Malakalarni tez o’zlashtiradi va tez qayta o’zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. o’tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashq taassurotlarga javob beradi. Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo’proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va sust tirishqoq beqaror barqaror intro ekstrakirishuvchan kirishuvchan asabiy tashvishli xavotirli pessimist vazmin sekin kirishuvchan tashvishli jizzaki notinch qiziqqon quzg'aluvchan beriluvcha n faol kirishuvchan ochiq sergap iltifotli chaqqon beg'am qulaylikni yoqtiruvchi tashabbuskor o'ychan tinchliksevar yo'nalganlik ishonchli xotirjam qiziqishlarida katta barqarorlik, zo’r qatiylik bor, diqqatini ko’chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa. Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo’zg’aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi. harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi. Melanxolik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. o’ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, ho’lini yuvib qo’ltig’iga urib g’o’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg’iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega. Faoliyatning individual uslubi va temperament Faoliyatning individual uslubi insonda o’zidan o’zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog’cha yoshidan e'tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti faoliyatning individual uslubini tarkib optiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganda shaxs uchun o’ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo’llari individual tizimi tushuniladi. Temperament xususiyatlarining o’ziga xos yig’indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish jarayonlarida faolligining individual uslubi jarayonida namoyon bo’ladi. Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarga ham bog’liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug’ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. Faoliyatning individual uslubi asosini asab tizimi xususiyatlari yig’indisi tashkil qiladi.
Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi ikki xil xususiyatlar mavjud.
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o’rnini to’ldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan xususiyatlar.
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi xususiyatlar.
Temperamentning xususiyati faollikning samaradorligida emas, balki usullarning o’ziga xosligidadir. Shu ma'noda Ye.A.Klimov tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra, stanokchi, to’quvchilarning ishini kuzatish natijalari muhim sanalgan. Ma'lum bo’ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko’ra qaramaqarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi, temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini bildiradigan tayyorlov ishlariga ko’p e'tibor berishi bilan ajralib turadi. Faollikning individual uslubini V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o’rganib, uning kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga erishishiga yordam beradigan o’zining yo’llari va usularini faol izlasa, individual uslub yuzaga keladi. Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Bunda mazkur faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning har xil tiplarini birga qo’shilib ketishi aniq bo’ladi. Chunonchi, xolerik temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan sherik bo’lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda ishlagan hollarda ancha samarali bo’ladi. Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki, temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko’pgina faoliyat turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan baholab bo’lmaydi. o’z temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o’rnini to’ldirish, faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim va tarbiya ta'sirini negizida yuzaga keladi.
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o’zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e'tibor xarakter muammosiga qaratiladi. "Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, belgi " degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko’rsatayotgan har qanday shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo’lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko’rishning o’tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir. Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi. Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta'sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha ob'ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo’llaydi. Xarakter xislatlari ma'lum tarzda harakat qismlariga, ba'zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo’ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning mu?im vazifasidir. Shaxsning qa'tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega: Shaxs xarakterining xususiyati ro’yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning o’ziga xos xislati uning munosabatlariga bog’liq. Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir. Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan 302 tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:
1. diqqatning to’planishiga;
2. harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga;
3. irodaviy zo’r berishga;
4. usullar mahsuldorligiga;
5. aqlning ishtirokiga bog’liq.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin