2-MAVZU: Iroda haqida tushuncha. Iroda nazariyalari. Irodani rivojlantirish va patologiyasi. REJA: 1.Iroda tushunchasini rivojlanish tarixi. Irodani aniqlash. Irodaviy jarayonlar bosqichlari. Iroda inson hulq-atvori va faoliyatining asosi sifatida. Irodaning an’anaviy va zamonaviy talqini 2. Irodasizlik. Irodasizlikning har xil namoyon bo‘lishi. Dangasalik. 3. Irodaning falsafiy nazariyalari. Iroda volyuntarizm sifatida (A.Shopengauyer, B.Spinoza, I.Kant, G.Gegel, L.Feyerbax). Dj. Lokk.U.Djems, L.S. Vigotskiy va V.Franklarning nazariyalarida iroda va erkin tanlash. 4. Psixik jarayonlarning ixtiyoriy boshqaruvidagi buzilishlar. Harakatning maqsadga muvofiqligidagi buzilishlar. Ixtiyoriy jismoniy harakatlardagi buzilishlar
Iroda haqida tushuncha Ma'lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o’zgaradi. Shu bois o’z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o’z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o’z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o’zgartiradi, qayta quradi va o’ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo’l va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi. Odam faqat o’ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi. Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o’zgartirib o’ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo’shadi, voqelikni o’zgartiradi va to’ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki 250 turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat'iy bir maqsadsiz, ko’pincha impul'siv tarzda, ya'ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, aks urish, ko’z qovoqini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba'zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda - bu kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta'riflanadi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha, iroda - shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qat'iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya " darsligida iroda-bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining ko’rinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Maqsad va unga erishishiga intilish Maqsadga erishish imkoniyatlarini topish Motivlarni paydo bo'lishi va imkoniyatlarni mustahkamlash. Motivlar kurashi va tanlash. Biror fikrni qabul qilish Qabul qilingan qarorni amalga oshirish Irodaviy harakatlar bosqichlari. Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo’lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo’lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o’qishni davom ettira beradi. Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to’la-to’kis determinizmga, ya'ni sababiy bog’lanish qonuniga bo’ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo’lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob'ektiv jihatdan bog’langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog’liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to’la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko’p jihatdan o’zini ma'lum sharoitda anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashi mumkin. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o’ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xattiharakatlarni irodaviy harakat deb bo’lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo’lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so’ng hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qoniqishga butun e'tiborini qaratishdan iboratdir. Ko’p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish emas, balki o’z-o’zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo’zg’aluvchan, sust kishilarga xos bo’lib, o’zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi. Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o’zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Irodaning nerv-fiziologik asoslari Irodaviy ya'ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stlog’ida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: "Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog’da xuddi shu sharoitning o’zida ma'lum darajada optimal (har holda o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga ega bo’lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat". 252 Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liqdir. Ma'lumki, odam ayrim nojo’ya harakatlardan o’zini so’zlari orqali (ya'ni o’ziga-o’zi pand- nasihatlar qilish yoki tarbiya berish orqali ) ushlab qoladi. Shuning uchun irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Ana shu sababdan bo’lsa kerak akademik I.P.Pavlov ikkinchi signallar tizimiga baho berib, bu signallar tizimi insonlar xulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir" - degan edi. Shuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Agar ikkinchi signallar tizimi o’z faoliyatida birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks ettirish jarayoni ma'lum bir tizimli, ma'noli bo’lmaydi. Ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslanishi bilan birga uning faoliyatini boshqarib, nazorat qilib turadi. Demak, irodaviy, ixtiyoriy harakatlarda ikkinchi signallar tizimi bilan birga birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi. Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, uzoq davom etadigan qattiq kasallikdan so’ng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi bo’shashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi zaiflashib, irodasi bo’shashib ketadi. Ana shuning uchun irodaning mustahkamligini ta'minlash maqsadida odam vaqti - vaqti bilan dam olib turishi kerak. Irodaviy akt va uning tuzilishi Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlang’ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o’rtaga qo’yilishidir va uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin. Qarorni, ijro etish Maqsadni anglash Unga erishish uchun intilish Maqsadga erishish imkoniyatlarini anglash Maqsadga erishish imkoniyatlariga mos keluvchi yoki ularni rad qiluvchi motivlarni anglash Motivlar kurashi Qarorga kelish Qarorga kelish Qarorga kelish Irodaviy zo'r berish Ichki - sub'ektiv qarshilik Tashqi - ob'ektiv qarshlik Ichki va tashqi qarshiliklarni engishda namoyon bo'ladi Bajarilgan ishga baho berish Maqsad-kishining shu paytda ma'qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir. Masalan, inson pedagogika universitetiga kirib o’qishni zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib kelish zarurligini tushundi, deylik. Bularning hammasida kishining maqsadi o’z-o’zidan zohir bo’layotganga o’xshaydi, ba'zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi. Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagini va zarur ishni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin. Xatti-harakatdan kutilgan maqsad turlicha ravshanlikda tasavvur etilishi mumkin. Maqsad qancha ravshan bo’lsa, unga yetishish yo’lidagi intilish ham shuncha muayyan bo’ladi. Maqsad ko’zlash kishining avvalo shaxsiy (biologik va madaniy ruhiy) ehtiyojlariga bog’liq. Ko’pincha kishining maqsad ko’zlashi va biron-bir narsaga intilishi tevarak-atrofdagi tabiiy vaziyatga, yoki xuddi shu paytda kishi yashayotgan jamiyatga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishi qiyin ahvolga tushib qolsa, shu ahvolidan bir amallab qutilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Kishi shu vaziyatni ma'lum darajada o’zgartirish, bir nimaga barham berish, bir nima qilish, bir nima ko’rish va shu kabi maqsadni o’z oldiga qo’ya oladi. Kishi jamoat tartibini birov buzayotganligiga bevosita guvoh bo’lishi va tartib buzuvchilarga qarshi kurash uchun shu onda qandaydir choralar ko’rishni maqsad qilib qo’yishi mumkin. Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan maqsad tarzida hosil bo’la qolmaydi. Ko’ngildan kechayotgan ehtiyoj va intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin. Masalan, kelib chiqadigan ehtiyoj va intilishlar ba'zan istak tarzida ko’ngildan kechadi-kishi hozirgi ahvoldan noroziligini his qilib turadi-yu, lekin qanday maqsadga yetishilayotganini, binobarin, shu maqsadga erishishga doir yo’l-yo’riqlarni aniq bilmaydi. Istak shunday holatki, bunda odam o’ziga allanima kerakligini his qilib turadi-yu, bu narsani nima ekanligini aniqlab ololmaydi, ya'ni uni tasavvur qilolmaydi, fahmiga yetmaydi. Bunday odamning o’zi ba'zan "menga bir narsa kerak, bir narsa yetishmayapti, ammo bu narsaning nima ekanligini o’zim ham bilmayman" degan gapni ko’ngildan o’tkazadi. Boshqa kishilar to’g’risida ham: "nima istayotganini o’zi bilmaydi" deymiz. Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini bu maqsadga erishishning yo’l-yo’riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirish ham mumkin emas. Ehtiyoj ko’ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilakhavaslar deb ataladi. Ammo odam o’z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga yetishish yo’llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to’la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba'zan zo’r xayol surish bilan, ba'zan esa cheksiz orzu bilan bog’liq bo’ladi. Ba'zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko’ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari to’lib-toshgan kishilar ham mavjud. Bu kishilar doimo xo’rsinadilar, armon qiladilar, o’zlarini ham tevarakatrofdagi kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar ko’pincha yaxshi orzular 254 qilishadi-yu, amalda kam faoliyat ko’rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko’rsatishmaydi. Harakat yo’llari, usullari topilib odam ularni tasavvur qilayotgan ekan, demak ehtiyojni qondirishga intilish tamomila anglaniladi, odamning tilak-havasi esa bir narsa bo’lib qoladi. Bunday intilish holati ba'zan hohish deb ataladi. Kishi biror ishni qilmoqchiman, falon ishni bajarmoqchiman, o’qishga kirmoqchiman va hokazo deb gapirar ekan buning ma'nosi shuki, mazkur kishi o’z intilishlarining maqsadini va shu maqsadga yetish vositalarini anglash, tasavvur qilish va bilish bilangina cheklanib qolmay, maqsadga yetish mumkinligini, ma'lum bir yo’ldan ish ko’rishga tayyorligini va qilinadigan harakatlarining oqibatini kam anglaydi. Shunday kishilar borki, ularda muayyan tilak-havaslar tarzida tamomila anglanilgan intilishlar doimo katta o’rin tutadi. Bunday kishilar o’zlariga nimalar kerakligini, nimani hoxlayotganliklarini, nima ish qilmoqchiliklarini va uni qanday bajarish kerakligini hamisha biladilar. Bunday kishilar o’z oldilariga hamisha aniq maqsad qo’yadilar va shu maqsadga yarasha ish ko’radilar. Bunday kishilarni ma'lum maqsadni ko’zlaydigan kishilar deyiladi. Ma'lum maqsadni ko’zlash kishining ijobiy sifatidir. Bu sifatni taraqqiy ettirish, irodani tarbiyalash va o’zo’zini tarbiyalashning vazifalaridan biridir. Har bir kishining anglab, bilib, ko’ngildan kechiradigan ehtiyojlari ko’p, uning vazifalari va intilishlari ham kam emas. Shuning uchun kishida xilma-xil maqsadlarda doimo zohir bo’lib turadi va bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish istagi tug’iladi. Har bir kishida amaliy va nazariy vazifalar vujudga kelib turadi va ana shu vazifalarni hal etish kerak bo’ladi. Barovar amalga oshirib bo’lmaydigan bir necha maqsad kelib chiqqanda, qanday bo’lmasin faqat bittasini tanlab olib boshqa maqsadlarni qo’yib turishga to’g’ri keladi. Qaysi maqsadni oldinroq, boshqasini esa keyinroq amalga oshirish masalasini hal qilishga to’g’ri keladi. Ba'zi maqsadlarni esa qo’yib turishga to’g’ri keladi. Ba'zan shunday ham bo’ladiki, kishi oldida bir-biriga zid keladigan bir nechta maqsad ko’ndalang turadi va shu maqsadlardan birini tanlab olish shart bo’ladi. Masalan, yigit yoki qiz maktabni tugatib, oliy o’quv yurtiga kirib o’qisam, degan masalani hal etayotganda turli maqsadlar va ularga yetish yo’llari degan maqsadlar o’rtasida ichki qarama-qarshilik, ichki "kurash" ro’y berishi mumkin. Maqsad qo’yish bilan bir vaqtda yoki undan keyin shu maqsadga qaysi yo’l, usul va vositalar bilan yengish masalasi kelib chiqadi. Kundalik turmushimizda yoki faoliyatimizda maqsad qo’yish bilan birga uni amalga oshirish usullari darrov anglanadi. Shuning uchun bu yerda maqsad qo’yish bilan to’ppa-to’g’ri harakat boshlanib ketishi mumkin. Masalan, kishi qo’liga qalam olishni hoxlasa, uni bemalol olishi mumkin, uxlagisi kelsa yotadi va hokazo. Oddiy ixtiyoriy harakatlar shu bilan ta'riflanadi. Ammo yangi maqsadlarni qo’yishda o’sha maqsad usullarini qidirib topish, tasavvur qilish va o’ylab ko’rishga to’g’ri keladi. Bu yerda maqsad bitta bo’lgani holda unga bir necha yo’l va usul bilan yetishish mumkin. Qanday bo’lmasin eng yaxshi yo’l va usulni tanlab olishga to’g’ri keladi. Ayrim ixtiyoriy harakatlarning murakkabligi shular jumlasidan kelib chiqadi. Bir necha maqsad ko’ngilga kelib, shulardan biriga turli yo’l va usullar bilan erishish mumkin bo’lsa, kishi muayyan bir maqsadni tanlab olishi va shu maqsadga yetish uchun muayyan eng muvofiq yo’lni tanlab olishi kerak. Shunga ko’ra, ijtimoiy mehnat faoliyatda ham, kasb-korda ham, shaxsiy ishlarda ham, boshqa kishilarga bo’lgan munosabatda ham kishi o’z intilishlarini va ixtiyoriy harakatlarini oldindan rejalashtiradi. Rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat bo’lib, aniq, muayyan va ravshan maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga yetish uchun eng to’g’ri usul va vositalarni qidirib topishdan iborat. Rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur bo’lgan hamma harakatlar, mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va to’siqlar hisobga olinadi, ish-harakat natijalariga dastlabki baho beriladi. Odam asosiy rejaga ega bo’lgan bir qarorga kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin. Harakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu maqsadga yetish uchun biron yo’l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo’llar bilan emas, balki mana shu yo’llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko’ngildan o’tkazadi. Maqsadni va unga yetish yo’lini tanlash jarayonida unga ma'qul yoki noma'qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi. Maqsadni va unga yetishish yo’llarining ma'qulligi yoki noma'qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko’rishni, yoki ish ko’rmoqchi bo’layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi. Irodaviy ixtiyoriy harakatlar g’ayri ixtiyoriy (irodadan tashqari) harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo’ladi. Inson irodaviy faoliyatining motivlari xilma-xildir, kishining intilishi va hohishlari qaysi ehtiyojlardan kelib chiqsa, avvalo shu ehtiyojlar ixtiyoriy motivlarga kiradi. Ma'lum maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash ko’pincha biror ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bog’liq. Kuchliroq ehtiyoj boshqa motivlar orasida kuchliroq motiv bo’lishi mumkin. Bir necha maqsad yoki ularga olib boruvchi bir necha yo’l bo’lgan taqdirda ularning ma'qul yoki noma'qul ekanligi chamalab ko’riladi. Biron maqsad va bu maqsadni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har qanday narsa harakatning motivi deb ataladi. "Motiv - deb yozadi I.P.Ivanov - kishi nima uchun o’z oldiga boshqa bir maqsadni emas, balki aynan shu maqsadni qo’yishi kerak, nima sababdan u o’z maqsadiga erishmoq uchun boshqa bir yo’llar bilan emas, balki xuddi shu yo’l bilan harakat qilishi kerak degan savolga javobdir". Maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash jarayonida odatda tafakkur va hissiyot ishtirok etadi. Tafakkur faoliyati (fikr qilish) bu yerda asosan har bir motivga "qarshi "yoki "tarafdor"likni muhokama qilib asoslashdan iborat bo’ladi. Kishi motivlarni muhokama qilishda va asoslab berganda odatda ayni hodisa yuzasidan yoki o’zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan ma'lum bir faktlardan tamoyil va qoidalardan foydalanadi. Motivni shu tariqa muhokama qilish va asoslab berish motivatsiyalash deb ataladi. Maqsadni va unga erishish yo’lini tanlash jarayonida hissiyot turtki rolini o’ynaydi. Hissiyot ayrim tasavvur va motivlarni yorqin, jonli va jozibali qilib ko’rsatadi. Hissiyot kishining intilishlarini faollashtiradi va susaytiradi, hissiyot biron maqsadni, biron harakat yo’lini tanlab olishga turtki beradi. Maqsadlarga erishish yo’llarini va vositalarini tanlash sharoiti ba'zan ichki kurash xarakteriga ega bo’ladi, bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo’lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Shuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi. Motivlardan biri ko’proq asosli, ikkinchisi kamroq asosli ekanligi ularning kurash jarayonida oydinlashib qoladi, ba'zi motivlar kuchliroq hissiyot bilan maydonga chiqsa, ba'zi motivlar sust hissiyot bilan maydonga chiqadi. Ko’pincha motivlar kurashi tafakkur (aql) bilan hissiyot o’rtasidagi kurashdan iborat bo’ladi. Odam ba'zan "ikkiga bo’linib" qoladi: "Aql uni desa, hissiyot (ko’ngil) buni deydi". Motivlar kurashi ba'zan har xil hislar o’rtasidagi, masalan, burch hissi bilan unga zid bo’lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida boradi. Bu motivlar ko’pincha bir-biriga qarshi ta'sir ko’rsatadi, qarorga kelish va uni ijro etishni paysalga solib, iroda jarayonini susaytiradi. Motivlarning bunday kurashida kishida ichki konflikt holati vujudga keladi. Ana shunday ichki ziddiyat holati bu ziddiyatdan qutilishga intilishi bilan ko’pincha shu zid holatidan qutilish yo’lini yengillashtiruvchi yo’llarni axtarish bilan bog’langan bo’ladi. Ichki nizo holati g’oyat ko’ngilsiz noxush holat sifatida kechishini har kim o’z tajribasidan biladi. Kishi dunyo va hayotni ravshan tasavvur qilgandagina ish va harakatlariga, axloq qoidalariga amal qilgandagina uning shaxsiy motivlari jamiyat manfaatlariga qo’shilib ketgandagina ichki nizo holatiga yo’l qo’ymasligi yoki undan qutilishi mumkin. Qarorga kelish. Maqsadga yetishish yo’llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma'nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o’ynagan bo’ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak - teatrgami yoki o’rtog’ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo’lgan joyi haqida qarorga keladi. Kishi ba'zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni qat'iyat deb ataymiz. Ba'zi motivlar kurashi uzoq vaqtga cho’zilib ketadi va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qat'iyat sezgirlikdir. Masalan, o’rta maktabni bitirayotgan va bitirgan ba'zi yigit-qizlar qaysi o’quv yurtiga yoki korxonaga kirish masalasini tez hal qiladilar, boshqalari esa juda uzoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. Qat'iyat odamda jiddiylik vaziyatining yengillashtirishi mamnunlik tuyg’usini tug’dirsa, qat'iyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida noaniq holat bilan birga sodir bo’ladi. Biror qarorga kelish sur'ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal iluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperamenti va xarakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos takliflariga quloq solishiga bog’liq bo’ladi. Biror qarorga kelish sur'ati asosan qo’yilgan maqsadning ahamiyatiga, biror qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga bog’liq bo’ladi. Murakkab tarzdagi motivlar kurashi va qarorga kelish faqat shunday hollarda bo’ladiki, bunda odamning hayoti va faoliyati uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’lgan yangi maqsadlar qo’yiladi va bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yangicha usullar va vosita talab qiladi. Qat'iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda bajarish - qat'iyatni namoyon qilish demakdir. Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o’zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo’sh qaror deb ataladi. Qat'iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir. Qabul qilingan qarorning o’zgarishi ko’pincha yana bu qaror to’g’risida yetarli darjada o’ylamaslikdan, emosional holatning o’zgarishidan yoki kishi harakat qilayotgan sharoit o’zgarishidan kelib chiqadi. Qarorning o’zgarishi ko’pincha motivlar kurashining qaytadan boshlanib ketishiga va oxirgi marta qat'iy qaror qabul qilishga olib keladi. Qarorni ijro etish. qaror unga muvofiq keladigan choralar ko’rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. qarordan harakatga o’tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir. Irodaviy harakatlar ikki xil bo’ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o’yin, sport mashg’ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko’p vaqt takrorlanib, o’zlashib ketgan ko’nikma va odat bo’lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir. Qarorni ijro etish odatda ma'lum vaqt, muddat bilan bog’liq bo’ladi. Qaror kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi. Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi. Ayrim hollarda esa o’z vaqtida ijro etilmay qoladi. Kishining ba'zi bir holatlarida a'zoyi-badani bo’shashib turganda, xafalik chog’ida o’z kuchlari va imkoniyatlaridan hafsalasi pir bo’lib turganda qaror ha deganda bajarilavermaydi. qarorni bajarishda ro’y beruvchi to’sqinliklar oldindan nazarda tutilmaganda yoki maqsadning o’zi vaziyat o’zgarishi bilan kerak bo’lmay qolganda shunday bo’ladi. Shunday hollar ham bo’ladiki odam ko’pgina qaror qabul qiladi, ammo qarorning ijrosi cho’zilib ketadi, paysalga solinadi, boshqa muddatlarga ko’chiriladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay ijro etilmaydigan qarorlar ko’pincha niyatlar deb ataladi. Ancha vaqtdan keyin, lekin muayyan muddat o’tgach ijro etiladigan qarorlar ham niyatlar deb ataladi. Masalan,o’quvchi yoki 258 talaba o’quv yilining boshida barcha imtihonlarni faqat "a'lo" baholar bilan topshirishga qaror qilishi mumkin. Irodaviy zo’r berish. Qabul qilingan qaror to’g’ridan-to’g’ri, avtomatik ravishda amalga oshirilavermaydi. qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun ongli ravishda irodaviy zo’r berish ham kerak. Irodaviy zo’r berish ongning avvalo nerv-muskul apparatining zo’riqishida ifodalanadi va organizmning tashqi ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Irodaviy zo’r berishning ana shu ifodali tomoni odamning iroda holatini tasvirlovchi badiiy asarlarda gavdalantirilganini ko’p uchratish mumkin. Ba'zi odam irodaviy zo’r berolmagani sababligina qabul qilgan qarorni muddatida ijro etolmaydi. Bunday hollarda "bajarsammikan yoki yo’qmi" degan yangi kurash ham boradi. Zo’r berish uchun yana kuch sarflashga to’g’ri keladi. Kuch sarflay olmaslik yoki bu masalada ikkilanish irodaning shu paytdagi bo’shligini ko’rsatadi. Qabul qilingan qarorni zo’r berish yo’li bilan ijro etish irodaning muhim belgisi hisoblanadi. Irodaning o’ziga xosligi ongli ravishda zo’r berishning biron darajasida bajariladigan harakatlardan iborat. Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo’lida uchraydigan to’siqlarni engishda namoyon bo’ladi. Kishining irodasi juda katta to’siqlarni yengishga to’g’ri kelganda, ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakatlar yo’li bilan yengishga to’g’ri keladigan to’sqinliklar ikki xil: ichki va tashqi to’sqinliklarga bo’linishi mumkin. Irodaviy zo’r berish yo’li bilan yengishga to’g’ri keladigan ichki to’siqlar odam organizmi va psixikasining holatidir. Odam tinch harakatsiz va hech qanday faoliyatsiz holatda bo’lishi mumkin, masalan, dam olish, uxlash, charchash, kasallik paytida shunday holat bo’ladi. Biron ish bilan shug’ullanmay harakatsiz o’tirishga, ya'ni yalqovlikka undovchi mayl ham shunday holatdan hisoblanadi. Irodaviy zo’r berish yo’li bilan avvalo organizmning passiv holatini o’zgartirish uni faol holatga keltirish zarur bo’ladi. Masalan, o’rnida yotgan kishi (motivlar kurashi) turlicha qaror qiladi va o’zini majbur qilib o’rnidan turadi. Yalhovlikni yengish uchun ba'zan juda ko’p zo’r berishga to’g’ri keladi. Irodaviy zo’r berish yo’li bilan kishining aqliy faoliyatini ham faol holatga keltiriladi. Masalan, ma'ruza boshlanishi bilan talaba darhol irodaviy kuchni ishga solib, diqqatni bir joyga to’playdi, irodaning barqarorligini saqlab qoladi, tafakkur va esda olib qolish jarayonlarini kuchaytiradi. "Harakat qilish o’ziga qanday o’rgatilgan bo’lsa - deydi I.M.Sechenov - harakatni to’xtatib qolishni boshqarishga ham shunday o’rganmoq kerak". Kishi irodaviy zo’r berish yo’li bilan ixtiyorsiz faollikni batamom yo’qotib yubormaydi, balki shu faollik ko’rinishlarini faqat o’zgartiradi, yoki bosib qo’yadi. Ixtiyorsiz faollik ko’rinishlarini bosilishi vazminlik deb ataladi. Iroda-avvalo kishining o’zini qo’lga ola bilishi, o’z intilishlari, hissiyotlari va ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining o’z- o’zini idora qila olishi, o’z xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish va boshqara olish qobiliyati demakdir. Kishining ichki to’siqlarni yenga olish, o’zini boshqarish va o’z ustidan hukmronlik qila olish qobiliyati odatda ichki iroda deb yuritiladi. Kishi irodaviy 259 zo’r berish yo’li bilan tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydigan tashqi to’siqlarni yengishi zarur bo’ladi. Kishi o’z oldiga qo’yilgan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to’sqinliklarni yengib o’tadi, voqelikni o’z maqsadiga muvofiq ravishda o’zgartiradi va uni o’z ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning to’siqlarni, tashqi qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati tashqi iroda deb ataladi. Ammo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga bo’lish mumkin. Inson irodasi bitta, lekin u tashqi olamdagi o’zgartirish va boshqarishga qaratilishi bilan birga shaxsiy, sub'ektiv holatlarni va jarayonlarni boshqarishga qaratilishi ham mumkin. Modomiki, shunday ekan, tashqi to’sqinliklarni yengish ichki to’sqinliklarni yengish bilan chambarchas bog’liqdir. Inson tashqi olamga ta'sir etar ekan, tashqi olam hodisalarini boshqarish bilan bir vaqtda o’zini, o’z organizmini, qo’l-oyoq muskullarini ham boshqaradi, ularning tarangligini kuchaytiradi yoki susaytiradi, ularning harakatlarini uyg’unlashtiradi, butun organizmning moslashish vaziyatini vujudga keltiradi va zarur paytda bu vaziyatni o’zgartiradi va hokazo. Shu bilan birga ixtiyoriy harakatlar, asosan mehnat faoliyatida odamning ixtiyoriy faollik ko’rinishlarini to’xtatib va bosib turishga to’g’ri keladi. Shuning uchun odamning irodaviy zo’r berishi va ixtiyoriy harakatlari tashqi to’sqinliklarni yengishga qaratilishi bilan bir vaqtda organizmning ichki ahvolini ham o’zgartiradi. Inson tevarak-atrofdagi voqelikni o’zgartirar ekan, o’zini-o’z vujudini ham o’zgartiradi. Irodaviy harakatlar bajarilgandan keyin ularga baho beriladi. Qaror ijro etilgandan keyin, ba'zan esa qarorni bajarish jarayonida ham ko’pincha harakatlarga baho berish, qarorni qanday ijro etilganligiga baho berish kerak bo’ladi. Qarorni ijro etish yuzasidan qilingan baho berish qabul qilingan qarorni hamda qilinadigan ishni ma'qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun bo’lish yoki mamnun bo’lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Salbiy baho ko’pincha qilingan ishlarga pushaymon bo’lish, achinish, uyalish va afsuslanish kabi hislar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Qilinayotgan yoki qilinadigan ishlarga beriladigan baho qabul qilingan qarorni yoki bajarilgan harakatlarni ma'qullovchi, oqlovchi yoki qoralovchi maxsus hukmlarda ifodalanadi. Qilinayotgan yoki qilinadigan ishlarga ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik va boshqa nuqtai nazardan baho beriladi. Mana shunday baho berishdan kelib chiqadigan his va hukmlarda kishining dunyoqarashi, axloqiy sifatlari va tamoyillari, shu bilan birga xarakteri va qiziqish - havaslari ham yaqqol namoyon bo’ladi. Qarorni bajarish yuzasidan qilingan ishlarda kishining o’zi baho beribgina qolmaydi, balki kishi qaysi jamiyatda yashasa va ishlasa o’sha jamiyat ham baho beradi. Odam qilgan yoki qilayotgan ish harakatlariga tevarak-atrofdagi kishilar ijobiy baho bergandan keyin ichki ma'naviy qanoat his qiladi xursand bo’ladi va kuchiga kuch qo’shilgandek bo’ladi. Ayrim ish-harakatlariga salbiy baho berilganda esa kishi o’ziga xos uyalish hissini ko’nglidan kechiradi va vijdon azobiga uchraydi. 260 Qilingan ish-harakatga berilgan baho kishining faoliyatida katta amaliy ahamiyatga egadir. Bu baho kishining keyingi faoliyati uchun rag’bat va motiv bo’lib qoladi. Salbiy baho odatda ayni faoliyatni to’xtatish yoki o’zgartirishga motiv bo’ladi. Ijobiy baho faoliyatni davom ettirish, kuchaytirish va yanada yaxshilashga, jumladan mehnat unumdorligini oshirishga rag’batlantiradi. Shaxsning irodaviy sifatlari Kishining irodaviy sifatlari ya'ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema tarzida quyidagicha ifodalanadi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o’ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi xarakterining xislati bo’lavermaydi. Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko’rsatishi mumkin, ayrim hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon qilganini bilmoq kerak. Kishining xarakterini ta'riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo’ylik, to’g’riso’zlik xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini, xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz. Intizomlilik Irodaviy sifatlar Maqsadga intiluvchanlik Tashabbuskorlik Dadillik Qat'iyatlik Printsipiallik Mustaqillik O'zini tuta bilish Matonatlilik Iroda kuchi va xarakter qat'iyati. Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi: ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo’ladi. Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz. Iroda kuchi ravshan va aniq maqsad qo’yishda, shuningdek mazkur maqsadga yetishishga yordam beradigan yo’l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda namoyon bo’ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga, bilimiga va umumiy saviyasiga bog’liq. Aniq maqsad qo’yishda inson tafakkuri va ayniqsa real xayollar (fantaziya)ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol' o’ynaydi. Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida, sabotlilikda ko’rinadi. Yuksak g’oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlik va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qat'iyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir. Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi. Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o’ziga bergan amridir. Kishi axloqiy burchining talabiga ko’ra, buyuk maqsadga erishish uchun bir zumda hayot bilan o’limdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi ekanligini ko’rsatadi. Jasorat shunday qarorki, u go’yo ish-harakatga aylanadi. Bu ish-harakat esa kuchli zo’r berishni talab qiladi. Xarakter xislati bo’lgan dadillikda odamning qanchalik puxta o’ylab ish ko’rishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi. Puxta o’ylab ish ko’rishni o’zi yuksak g’oyaviylikka va kishining axloqiy tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. O’ylab, shoshmasdan bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz. Odatda o’zgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar ta'sirida tez bir qarorga keladigan xarakterli, dadil kishilar ham mavjud. Bular hissiyotga beriladigan tasodifiy kayfiyatli kishilardir. Bunday kishilar odatda sabotsizligi, shoshmashosharligi va kalta o’ylashi bilan ajralib turadilar. Kishi uncha ikkilanmasdan o’ylab, e'tibor bilan to’g’ri bir qarorga kelsa va shu qarorni dadil amalga oshira bilsa, dadillik xarakterning ijobiy xislati bo’ladi. Bir necha imkoniyatdan birini tanlab olishga to’g’ri keladigan ish - harakat bir qadar xavf-xatar bilan bog’langan bir murakkab vaziyatda dadillik ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Qat'iyatsizlik xarakterning salbiy xislatidir, qat'iyatsizlikda kishi sustlik bilan bir qarorga keladi, qabul qilgan qarorini ko’pincha o’z vaqtida bajarmaydi. Bunday odam qabul qilgan qarori to’g’riligiga shubhalanadi, turli imkoniyatlardan birini tanlab olishda ikkilanadi, ayniqsa qiladigan ish-harakatlari xavf-xatar bilan bog’langan bo’lsa, shunday ahvolga tushadi. Shu sababli 262 qat'iyatsiz kishilar ko’pincha kam faolliklari bilan ajralib turadilar yoki umuman passiv bo’lib, yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar. Sabotlilik dadillikka chambarchas bog’liq bo’lib, xarakterning ijobiy xislati hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo’lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini odatda o’zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bu qarorlarini bajarmasdan qo’ymaydilar. Bu kishilar va'dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir bo’ladi. Ularga ishonsa bo’ladigan subutli insonlardir. Qabul qilingan qarorlarini ko’pincha bekor qiladigan, bergan va'dalarini ustidan chiqmaydigan, aytgan so’zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi. Kishi irodasining kuchi va qat'iyati xarakterning irodaga bog’liq bo’lgan qaysi xislatlarida ifodalangan bo’lsa o’sha xislatlar eng yorqin xislatlardan hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo’ladi. Ammo hamma kishilarni va har qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb bo’lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina irodasi kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi. Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o’z vaqtida bajarishda ko’rinadi. Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish, galdan-galga qoldiraverish, boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilmaslik irodaning kuchsizligi alomatidir. Lekin qabul qilingan qarorni bajarish har qanday qilingan ish-harakatning, irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy harakatlar yordami bilan qanday to’siqlar yengilganiga va shu yo’l bilan qanday natijalarga erishilganligiga qarab aniqlanadi. Irodaviy zo’r berish vositasida bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining ob'ektiv ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r berish va irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zo’r muvafaqqiyatlarga erishsa, bu kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi. Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi. Bu qahramonlar kosmik parvozlarga tayyorlanish davrida ham, parvoz paytida ham o’z irodalarining yuksak sifatlarini namoyish etadilar. Bu qahramonlar kuchli iroda va uning xilma-xil ko’rinishlari o’z xarakterining asosiy xislati bo’lgan kishilarning yorqin misolidir. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas to’sqinliklarni ham bartaraf qila olmasligida ko’rinadi. Masalan, ba'zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki biror zarur ishni boshlashga o’zini majbur eta olmaydi. Irodaning kuchsizligi odatda irodasizlik deb ataladi. Qarorni bajarish jarayonidagi ixtiyoriy ish-harakatlardagi iroda kuchi o’zini tuta bilishda, jasurlik, sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon bo’ladi. O’zini tuta bilish nomidan ham bilinib turibdiki, kishining o’zini idora qila bilishi va o’zini qo’lga ola bilishi demakdir. O’zini tuta bilish kishining oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishuvida to’sqinlik qiluvchi, irodasini bo’shashtiruvchi ichki holatlarni yengishda ko’rinadigan kuchli irodadir. Bunday holatlarga 263 masalan, qo’rqish, o’z kuchlariga ishonmaslik, zerikish, qayg’urish hissi kiradi. Bunday holatlar kishini faoliyat ko’rsatmaslikka rahbatlantiradi yoki qo’yilgan maqsadlarga qarama-qarshi bo’lgan g’ayri ixtiyoriy harakatlarda o’z ifodasini topadi. Bunday holatlar har kimda bo’ladi. Ammo odamning shaxs sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u o’zidan ana shu salbiy va keraksiz holatlarni iroda kuchi bilan o’zgartira oldi yoki bartaraf qila oladi. Bu borada K.D.Ushinskiy quyidagi so’zlarni keltirib o’tadi: "qo’rquvni his qilmasdan xavf-xatarga o’zini uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli qo’rquvni ham bosa oladigan va qo’rquv ta'siriga berilmagan, xavf-xatarni o’ylamaydigan kishi marddir". O’zini tuta bilish kishi xarakterining xislati bo’lib, asosan ichki irodaning namoyon bo’lishidan iborat. Bu xislat kishining o’z xulq-atvorini nazorat qila bilishda o’zini, o’z harakatlarini, nutqini qo’lga ola bilishida, shu sharoitda keraksiz yoki zararli deb qaraladigan harakatlardan o’zini tiya bilishida ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega bo’lgan kishilar o’zlarini qo’lga ola biladilar. Ular o’zlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir. O’zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko’rsatuvchi belgidir. Odam o’zini qo’lga ola bilmaganda o’z mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat qila olmaganda g’ayri ixtiyoriy faollik ko’rinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan ko’ngildan kechadigan hislar, qo’rquv, hadik-shubha, gumon, g’azab, rashk, ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo’g’ib qo’yadi. Bunday hollarda odam o’zini tiya olmay qoladi. O’zini tiya olmaslikning eng yomon ko’rinishi buzuqlikdir. Buzuqlik butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta'sirida bo’lish demakdir. Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli bo’lgan to’sqinliklarni bartaraf qilishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o’zini samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o’zini tuta bilishga chambarchas bog’liq. Jasurlik bor joyda o’zini tuta bilishlik mavjud. Kishi o’zini tuta bilsa jasurlik qila oladi. Biron maqsadga yetishish yo’lida mutassil jasurlik ko’rsatish, dovyuraklik jasorat deyiladi. O’zining hayoti uchun xatarli to’sqinliklarni yengishga doimo tayyor turgan va shunday to’sqinliklarni yenga oladigan kishilarni jasur kishilar deb ataymiz. Bular xavf-xatardan cho’chimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir. Jasurlikning yo’qligi irodaning kuchsizligini ko’rsatadi. Buni qo’rqoqlik, nomardlik deb ataymiz. Irodasi kuchsiz bo’lgan bunday kishilar odatda qo’rqoq, yuraksiz kishilar deb ataladi. Sabot, matonat ma'lum maqsadga yetishda ko’pincha uzoq vaqt davomida irodamizga ta'sir etib turuvchi katta to’sqinlik va qiyinchiliklarni bartaraf qilishga to’g’ri keladi. Irodaning bunday ko’rinishi shaxsning eng muhim sifati bo’lib, iroda kuchining yaqqolligini ko’rsatadi. Sabot, matonat - qandaydir bir aniq maqsadni ko’zlab, muntazam ravishda irodaviy zo’r berish demakdir. Ammo kishilarning hayoti va faoliyatida ba'zan shunday hollar ham bo’ladiki, kishi o’z oldiga qo’ygan qandaydir zarur maqsadlarni bajarishda yetib bo’lmaydigan yoki kishiga shunday bo’lib tuyuladigan to’sqinliklarga uchrab qoladi. Bunday hollarda kishi ba'zan qabul qilgan qarorni o’zgartiradi, bekor qiladi, u qiyinchiliklardan qo’rqishi va o’z oldiga qo’ygan maqsadidan voz
kechishi mumkin. Ba'zan shunday bo’ladiki, talaba to’satdan o’qishni tashlaydi. Ilgari tanlagan ehtiyojidan voz kechadi, boshlagan ishini oxiriga yetkazmay, o’ldajo’lda qoldirib ketadi. Kishi o’z harakat, maqsadini yaxshi o’ylamaganda maqsadga yetishsa, yordam bera oladigan vosita va usullarni puxta o’ylamaganda, o’zining kuch - imkoniyatlarini yetarli yoki to’g’ri hisobga olmaganda odamda belgilangan maqsaddan shu tariqa qaytadi, irodasida chekinadi. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikka haddan tashqari katta ahamiyat berilganda, bu muvaffaqiyatsizlikka noto’g’ri, yoki yengil baho berilganda, unga faqat salbiy tomondan qaraganda shunday bo’ladi. Kishi muvaffaqiyatsizlikka uchrash bilan bir vaqtda o’z kuchlariga, o’z imkoniyatlariga, o’z qobiliyatlariga ishonmaganda odam "ruhi tushib", o’zini passivlikka qo’l qovushtirib o’tirishga mahkum etadi. Albatta umuman irodasi kuchsiz kishilarda shunday bo’ladi. Bunday kishilar irodasining o’smaganligi, etarlicha tarbiyalanmaganligi bilan farq qiladi. Ammo irodali mavjudot bo’lgan odam hayot va faoliyatida jamiyat yoki o’zi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan maqsadidan qaytmasligi ham mumkin. U iroda kuchiga zo’r berib, to’sqinliklarga qarshi kurashni kuchaytirishi, qabul qilingan qaroriga yarasha uzoq vaqt ish ko’rishi mumkin. Barcha to’sqinlik va qiyinchiliklarga qaramay u zarur natijani qo’lga kiritmoq uchun damba-dam, orada vaqt o’tkazib zo’r berishi, g’ayratini ko’rsatib ishlashi mumkin. Kutilgan maqsadga yetishda katta qiyinchiliklar va yengib bo’lmaydigan to’siqlar bo’lsa, kishi shu maqsadga yetishi uchun zarur yo’l, vosita va usullarni o’zgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta to’sqinliklarni bartaraf qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga yetishda ko’rinadigan bunday iroda kuchi sabotmatonat deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega bo’lgan kishi esa sabot-matonatli, kuchli irodali, qat'iy xarakterli kishi deb ataladi. Har qanday faoliyatning, jumladan o’qib, o’rganishning muvaffaqiyati sabot-matonatga bog’liq. Bilimli bo’lmoq uchun sabot-matonat kerak. Har bir sohada-texnika, san'at, muzika, sport va shu kabi sohalarda bilim va malaka ortirmoq uchun sabot-matonat kerak. Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining maqsadga yetish yo’lida qanday qiyinchilik va to’sqinliklar bo’lishidan qat'iy nazar shu maqsadga erishishida o’z ifodasini topadi. Xarakter xislati bo’lgan sabot-matonat ba'zi kishilar faoliyatining hamma sohalarida namoyon bo’ladi boshqa kishilarda esa bu xislat ularning manfaatlari bilan bog’langan, va ayrim faoliyat sohalarida ko’rinadi. Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamisha oxiriga yetkaza biladilar. Ular o’zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan bo’ladilar. Sabot-matonatli kishilar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ruhini tushirmaydi, balki aksincha, maqsadga erishish uchun ishga yanada qat'iyroq kirishadi, shu maqsadga erishishning yangi yo’l va vositalarini izlab topadi. Sabot-matonatli kishilar o’ziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yo’ldan yurishlariga to’sqinlik qila 265 oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu to’sqinliklarni yenga oladigan matonatli kishilardir. Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham chambarchas bog’liq. Maqsadga yetishda bartaraf qilinadigan to’sqinlik va qiyinchiliklar kishidan kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha jismoniy va ruhiy azob beradi ham. Kishining o’z faoliyatida ba'zan sovuq va issiqdan, yomg’ir va qordan, qattiq toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga sodiq bo’lib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday intilishlarda ko’rinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning organizmidagi yemirilish jarayonlarini yengishda ifodalanadigan ajoyib iroda o’zini tuta bilish va matonatda ko’rinadi. Bu borada quyidagi misolni keltirib o’tish joiz. Sobiq sovet uchuvchisi Alievning bir o’zi havo jangida dushmanning yettita samolyotiga qarshi mardonavor kurashdi va hammasini urib tushirdi. Kuchlar teng bo’lmagan bu jangda Alievning samolyotini dushman o’qlari teshib yuborgan edi. Aliev o’zi bir necha bor yaralandi. Ammo u o’zini yo’qotib qo’ymay, samolyoti bilan o’z aerodromiga borib qo’ndi. Aerodromiga yetib borguncha dushman egallab olgan yerlardan uchib o’tishi kerak edi. Dushmanning zenit to’plari Alievning samolyotini qattiq o’qqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad parchalari teshib yubordi. Uchuvchi yana bir necha marta yaralandi. Lekin Aliev bu safar ham sarosimaga tushmay samolyotini boshqarib boraverdi va uni o’z aerodromiga eson-omon qo’ndirdi. Samolyot kabinasi ochilganda uchuvchi o’lgan edi. U ikki qo’lidan, oyog’idan, kuragidan, yelkasidan, orqasidan, jag’idan va boshidan yaralangan edi. Vrachning aniqlashishicha, og’ir yarador bo’lgan Alievning bu holda ucha olishi sira mumkin emas edi. Ammo Aliev samolyotini boshqarib, aerodromga to’g’ri qo’na olgan. Uchuvchining irodasi va o’zini tuta bilishi tufayli o’qning yemiruvchi kuchlaridan g’olib kelib, umrining so’nggi daqiqalarini cho’zishga erisha oldi. Sabot-matonatli chidamli va toqatli kishilar maqsadga yetishishda va qiyinchiliklarga qarshi kurash jismoniy va ruhiy azoblarga hamda boshqa mashaqqatlarga chiday oladilar. Ular har qanday vaziyatda o’zlarini tuta oladilar, jasurlik, mardlik, botirlik, qat'iyat ko’rsata oladilar . Bunday xarakterli kishilarga optimallik kayfiyati, hayotga quvnoqlik bilan qarash, porloq kelajakka doim ishonch bilan boish, boshqa kishilarga o’z kuchlari va mehnat imkoniyatlariga yetishish kabi xislatlar xosdir. O’zini tuta bilish jasurlik sabot-matonat, chidam va toqatda ko’rinadigan kuchli iroda mardlik deb ataladi. Shu sifatlar bilan farq qiladigan kishilar esa mard kishilar deb ataladi. Kishilarning hayoti va faoliyatida shunday hollar ko’p bo’ladiki, bunda odam zarur paytida o’zini tuta olmay qoladi, jasurlik, sabot-matonat, intizomlilik ko’rsata olmaydi. Xarakter xislati irodasiz kishilar mavjud, bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki irodasiz kishilar deyiladi. Bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki chidamsiz kishilar deyiladi. Bular xatto arzimas qiyinchilik va to’sqinliklarni ham 266 bartaraf qila olmaydigan kishilardir. Bular salgina muvaffaqiyatsizlik yoki qiyinchilik kelib chiqqanda ham o’z oldiga qo’ygan maqsaddan voz kechib ish harakatini to’xtatadigan, o’z qarorini bekor qiladigan yuraksiz, qo’rqoq kishilardir. Ular vaziyat talab qilganda zarur jasurlik sabot-matonat, chidam, toqat, qat'iyat ko’rsatmaydilar. Bular cho’chima, yalqov joni paxta kishilardir. Bunday kishilarning xatti-harakatlari odatda ularning o’zidan ko’ra tashqi sharoitga bog’liq bo’ladi. Bunday xarakter xislatlarga ega bo’lgan kishilar pessimistik kayfiyatda bo’lib, dunyoga va hayotga umidsizlik bilan qaraydilar. Ular doimo barcha kishilarning salbiy, yomon tomonlarini ko’radilar, bu kishilarning fikricha, o’zlarining barcha kamchiliklari va muvaffaqiyatsizliklarining sababchisi boshqa kishilardir. Bu xildagi ba'zi kishilar passiv beparvo kayfiyatda bo’ladilar. Irodaning mustaqilligi. Kishilaring irodaviy harakatlariga ularning mustaqillik darajasiga qarab ham baho beriladi. Irodaviy harakatlarning mustaqilligi kishining avvalo tashabbuskorligida ko’riladi. Tashabbuskorlik biror bir ishni shaxsan boshlab yuborish demakdir. Tashabbuskorlik odatda tevarakatrofdagi sharoit hamda ijtimoiy hayot talablarini epchillik, mohirlik bilan hisobga olish va ko’pincha kelajakni, yangilikni oldindan ko’ra bilish qobiliyati bilan bir vaqtda namoyon bo’ladi. Tashabbuskor kishi shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatida ham vaziyat va turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalarni ilgari suradi, qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yo’l va vositalari tanlaydi va bu vazifalarni hal etishda faol ishtirok etadi. Mustaqillik qilinilmagan va qilinilgan ish-harakatlar uchun javobgarlik sezishda ko’rinadi. Javobgarlikni sezish ayni harakatlarning to’g’riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch hosil qilish demakdir. Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikr, maslahat va takliflarini tanqidiy ko’z bilan mulohaza qilib chiqishda ham ko’rinadi. Tanqidiy ko’z bilan mulohaza yuritish xarakter xislati bo’lib, boshqa kishilarning birga maslahat va takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko’rinadi, xarakterning shu xislati bo’lgan kishi boshqa kishilarning fikr va maslahatlariga e'tibor bilan quloq soladi, ularga muayyan tamoyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali narsani qabul qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi. Ayrim kishilarning iroda mustaqilligi ba'zan qaysarlik kabi maxsus holatda ko’rinadi. Bu holat shundan iboratki, odam boshqa kishilarning aytgan hamma gaplariga, maslahat, iltimoslariga qarshilik ko’rsatadi. qaysarlik qilayotgan odam yo buyurilgan ishni qilmasdan, o’z bilganini qilaveradi yoki buyurilgan ishni teskarisini qiladi. Intizomlilik - xarakter xislati bo’lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o’z ixtiyori bilan bo’ysina bilishda ko’rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan tartibga aniq rioya qilishda, olingan va'dani vijdonan bajarishda, o’z burchiga ongli ravishda bo’ysinishda o’z ifodasini topadi. Intizomli kishi mustaqil tashabbuskor bo’lib, ayni vaqtda qabul qilingan qarorlarni so’zsiz ijro etadi, jamiyat manfaatlariga va axloq tamoyillariga itoat qila biladi. Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini ham ko’rsatadi. Iroda kuchi katta to’sqinliklarni bartaraf qila olish qobiliyati bilangina ifodalanmay, tashabbuskorlik ko’rsatish, mustaqillik, dadillik ko’rsatish va qabul qilingan qarorlar uchun, o’z xatti-harakatlari uchun mas'uliyat sezish bilan ham ta'riflanadi. Irodaning axloqiyligi hayot va faoliyatda iroda kuchi, uning mustaqilligiga ijobiy yoki salbiy baho berganda qanday to’sqinlik va qiyinchiliklar bartaraf qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy qiyofasi irodaviy harakatlarda qanchalik ifodalanishi, biron odamning irodasi naqadar axlohiy ekanligi ham nazarda tutiladi. Irodaning axloqiyligi deganda odatda kishi o’z oldiga qanday maqsadlar qo’yilishi, bu maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli kelib chiqishi va ma'lum bir qarorga kelishida qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda tutamiz. Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo’lsa, iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan so’zlarni emas, balki ularning ma'naviy qiyofasini ko’rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o’zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz. Kishi biror qarorga kelishda o’z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas'uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi. Kishining chinakam axloqiyligi ma'naviy qiyofasi, so’zida va muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya'ni mehnatga va ishning o’ziga mehr qo’yishida namoyon bo’ladi. O’zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim axloq tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz. Iroda borasidagi nazariyalar Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi. Gumanitar yo’nalish, ya'ni inson muammolariga e'tiborning ortishi bilan o’zo’zidan irodani o’rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir. Etarli darajada qat'iy fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo’yilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g’o’ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi: a) iroda-bu shaxsning o’z faoliyatini va olamdagi o’zini-o’zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir; g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g’oyani ilgari suradi, insonning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra bir davrning o’zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi. Shuningdek, harakat ma'nosining o’zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki qo’shimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqaruv esa harakatni "ixtiyoriy boshqaruv ko’rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy o’zgarishi orqali amalga oshirilishi sifatida qaraladi. Keltirilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta'riflash bo’yicha bir xil munosabat yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning ma'naviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik, mustaqillik, qat'iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlilikni kiritadi. P.M.Yakobson bo’lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida mustaqillik, qat'iylik, tirishqoqlik o’zini uddalashni ko’rsatadi. Insonda namoyon bo’ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va qat'iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik. Iroda borasidagi tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qo’llanilishi kamdan-kam hollarda qo’llaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida insititutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so’ng tadqiqotchi talabada o’z kuchiga ishonch uyg’otishni maqsad qilib qo’ygan va unda irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o’z maqsadiga erishishga musharraf bo’lgan. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir.
3-MAVZU: Motivatsiya haqida umumiy tushuncha. Motivatsiyaning asosiy turlari va rivojlanish bosqichlari. Motivatsiyaning tuzilishi funksiyalari. Motivatsiyaning psixologik nazariyalari. Hulq- atvor va faoliyat motivatsiyalari. Erishganlik, affiliatsiya, xukmronlik motivlari.