Umumiy psixologiya


-Mavzu:Pedagogik psixologiya



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə131/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

15-Mavzu:Pedagogik psixologiya.
Mavzu rejasi:
1.Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi.
2.Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari.
3.Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari.
4.Tarbiyaviy ta’sirning psixologik asoslari.
5.Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari.
6.Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar.
7.Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi.
8.Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi.
15.1.Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi

Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat:

  1. Ta’limning maksadi - nima uchun o‘qitish kerak?

  2. Ta’limning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak?

  3. Ta’limniig metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari.

  4. Ta’lim beruvchi.

  5. O‘quvchi.

Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi:
faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va
jarayonlarining o‘zlashtirilishiga;
maqsadga muvofik keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri
tanlash va foydalanishga bog‘liq.
Ta’lim jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘quv faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Motivatsiya, ya’ni o‘qituvchi yaxshiroq o‘qitishga, o‘quvchi esa yaxshiroq o‘qishga harakat qilishi kerak.

  2. Ta’limning rivojlangan va egiluvchan tuzilishga egaligi.

3. Turli shakllarda amalga oshirilishi. O‘qituvchiga o‘z ijodiy pedagogik imkoniyatlarini to‘liq amalga oshiradigan, o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun o‘z individual imkoniyatlaridan foydalanish uchun turli shakllarda amalga oshiriladi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin