Umumiy psixologiya



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə78/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

Psixodinamik nazariya.
Amerika psixologi E.Erikson inson umrini 8 ta davrga ajratadi va ular o‘ziga xos, betakror xususiyatlarga ega deb hisoblaydi.
1 – davr. Ilk go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha). Bu davrda tashqi dunyoga “Ongsiz ishonch” tuyg‘usi vujudga keladi. Buning asosiy sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligidir. Agar go‘dakda bu ishonch paydo bo‘lmay qolsa, ona bolaga yomon munosabatda bo‘lsa, voyaga etganda umidsizlik vujudga keladi.
2 – davr. Kechki go‘daklik (1 yoshdan 3 yoshgacha). Yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi shakllanadi. Bu esa o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, intizom, ma’suliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin hosil qiladi. Anomal rivojlanish: ikkilanish, qobiliyatga shubhalanish, hayotga moslashmaganligini his qilish.
3 – davr. Ilk bolalik (35 yoshgacha). Anomal rivojlanish: insonlarga befarqlik, tashabbusning sustligi, boshqa bolalarga hasad, beqarorlik. Tashabbus tuyg‘usi, qandaydir ishni bajarish mayli tarkib topadi, guruhiy o‘yinlar, tengqurlari bilan muloqatga kirishish muhim ahamiyatga ega.
4 – davr. (511 yoshgacha). Bu davr maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan xarakterlanadi. Salbiy tomonlari – ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmaydi, muammolarni hal qilishda aql zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik.Anomal rivojlanish: shaxsiy kamchiliklarni his qilish, konformlik, passiv mehnat vazifalaridan qochish.
5 – davr. (1120 yoshgacha). O‘smirlik va o‘spirinlik, hissiy yetuklik. Betakror, o‘ziga xos yosh davri. Salbiy tomoni qat’iyatsizlik.
6 –davr. (2045 yoshgacha). Ilk (erta) yetuklik. Boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga keladi. Bundan tashqari yolg‘izlikka moyillik va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyatlar bilan farqlanadi.
7 – davr. O‘rta yetuklik davri (4060 yoshgacha).Hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnat, ijodiyot, g‘amxo‘rlik, pusht qoldirish, tajriba uzatish) mahsuldorlik tuyg‘usi hamrox bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki bo‘ladi. Anomal rivojlanish: xudbinlik, o‘z-o‘ziga e’tiborini qaratish, ishida besaramjonlik, erta invalidlik, o‘zi haqida qayg‘urishni yo‘qolishi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin