V.P.Palamarchukningta’kidlashicha, muammolita’limniamaliyotgatatbiqqilishdanoldino‘qituvchio‘quvchigato‘g‘rifikrlashni, ya’nimustaqilfikrlashmazmunivashaklinitushuntirishizarur. Muallifningfikricha, ta’limjarayonidao‘quvchilarnifikrlashgao‘rgatish - buularningtabiiyxususiyatlarinihisobgaolish, ulartaraqqiyotiningmetodologikvapsixologikasoslarigatayanish, o‘qishningoperatsionalvamotivatsionjihatlarinibirdavrdahisobgaolganholdao‘quvfanlarimazmuninio‘zlashtirishnita’minlashdaniboratdir. V.P.Palamarchuko‘quvchilardaumumilmiyfikrlashko‘nikmalarivamalakalarinirivojlantirishningdasturiniishlabchiqadi. Dasturquyidagiasosiyko‘nikmalarvamalakalarnisekin-astamaqsadgayo‘naltirganholdarivojlantirishnio‘zichigaoladi:
Tahlil qilish (analiz) va muhim belgisini ajratish.
Taqqoslash.
Umumlashtirish va sistemalashtirish.
Tushunchalarga ta’rif berish va tushuntirish.
Qonkretlashtirish.
Isbotlash va inkor etish.
Muammoli ta’limda zaruriy ko‘nikmalar.
So‘nggi yillarda aqlning tanqidiyligini rivojlantirish muammosi bir qator tadqiqotlarda o‘rganilmoqda. A.S.Bayramovning doktorlik dissertatsiyasi kichik maktab o‘quvchilarida tafakkur tanqidiyligi va mustaqilligini rivojlantirish muammosiga bag‘ishlangan. Muallif tafakkur tanqidiyligini muammoni hal qilishning qulay usulini topishga yo‘naltirilgan shaxs qobiliyati sifatida tushunadi. Mustaqil fikrlashdan farqli o‘laroq tafakkur tanqidiyligi, muallifning fikricha, ko‘pincha aqliy tajriba jarayonida va vazifani hal qilishning so‘nggi bosqichida, ya’ni usullar tizimi ichidan eng to‘g‘risini, echimga aynan mos usulni tanlab olishda namoyon bo‘ladi. A.S.Bayramovning fikricha, aqlning tanqidiyligi tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlardagi yangi hamda original jihatlarni aniqlashda, Shuningdek, vazifani hal qilishning qulay usulini topishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin muallif tanqidiylikni “aqliy harakatlar ichida” tahlil qilganligi tufayli, “sub’ekt - sub’ekt” aloqalari yoritilmay qolgan, Shuning uchun ham tadqiqotda tanqidiylik shaxsning hislati darajasiga ko‘tarilmagan.
Dostları ilə paylaş: |