«ORTIQCHASINI O’CHIRISH» METODIKASI Ortiqchasini o’chirish metodikasi umumlashtirish va chalg’ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bu metodikaning ikki turi bor: predmetli va so’zli. Metodikaning predmetli turida qo’zg’atuvchi material alohida qog’ozlarda berilishi zarur. Har bir qog’ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan. Rasmlar oq, qora yoki rangli bo’lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo’yicha birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. Odatda quyidagi yo’riqnoma beriladi: «Bu erda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz 3 ta predmetni birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga kirmaganligi uchun uni o’chirish kerak».
Tadqiqotchi birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Metodikaning og’zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo’llash mumkin. Tajriba o’tkazish uchun so’zlar qatori yozilgan maxsus qog’oz varag’i bo’ladi.
Yo’riqnoma: «Har bir qatorda 5 ta so’z bor, 4 ta so’zni bir guruhga kiritib nom bering, bir so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak».
1. Stol, stul, krovat, pol, shkaf.
2. Sut, qaymoq, qatiq, so’ema, go’sht.
3. Botinka, ztik, bog’ich, tufli, tapochka.
4. Bolg’a, arra, mix, bolta, randa.
5. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho’r.
6. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli.
7. Samolyot, arava, odam, kema, velosiped.
8. Abror, Murot, Aziz, Asqarov, Nabi.
9. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr.
10. Tokar, o’qituvchi, vrach, kitob, kosmonavt.
11. Palto, plash, ko’ylak, tugma, shim.
12. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt.
Tajriba natijalari tadqiqot qarorida qayd etiladi.
PSIXOLOGIK TRENING: «FIKR VA TEZLIK MUVOZANATI» O’YINI Maqsad: Bosh miya yarim sharlarining bir-biriga nisbatan qanchalik mustaqil ishlay olishni aniqlash.
Bajarish: Bu o’yinda 1 dan 20 gacha bo’lgan sonlardan foydalaniladi, ya'ni so’z bilan 1 dan 20 gacha sanaladi, va bir vaqtning o’zida 20 dan 1 gacha bo’lgan raqamlarni teskarisiga yoziladi.
Namuna:
So’zda Yozuvda
1 11 20 9
2 12 19 8
3 13 18 7
4 14 17 6
5 15 16 5
6 16 15 4
7 17 14 3
8 18 13 2
9 19 12 1
10 20 11
10
Sonlarni yozish va aytish paytida tekshiruvchi sekundamerga qarab turadi va natija yozib boriladi. Agar 1 ta xato qilsa ya'ni nomerlar to’g’ri kelmasa yig’gan soniyalar soniga yana bir soniya qo’shiladi.
Ya'ni 20,13 da tugatgan bo’lsa 21,13 qilib hisoblanadi. O’yin so’ngida guruhdagi hamma talabalarning yig’gan soniyalar sonlarini solishtiriladi va eng kam vaqt ichida aniq, to’liq aytib, yoegan ishtirokchi sovg’a bilan taqdirlanadi.
VAZIYATLI MASALALAR: 1-masala. Quyidagi misollarda tafakkurning qaysi alohida sifatlari namoyon bo’ladi:
a) Tig’iz vaqtda tramvay bekatiga kelib, u erda kishilar ko’pligini payqaysiz va tramvay kelmaganiga ancha vaqt bo’lganini fahmlaysiz.
b) Bir kuni uyga kelgach, maktabgacha tarbiya yoshidagi o’g’lining noodatiy tinch va kamgap bo’lib qolganini sezib, onasi beixtiyor uning kasal bo’lib qolgani yoki bir ayb ish qilib qo’ygani haqida o’ylaydi.
2-masala. Olti yoshli Doniyorga otasi shunday masala berdi: «Shoxrux Suxrobdan katta, Suxrob esa Boburdan katta. Bolalarning ichida eng kichigi kim?».
Doniyor masalani bir necha bor takrorladi, lekin sira echa olmadi. Shundan so’ng u qo’liga uch dona gugurt cho’pini olib, ularni uch xil kattalikda sindirib chiqdi va ana shu gugurt cho’plari yordamida masalani to’g’ri va tez hal qila oldi.
Ushbu masalani echishga Doniyorga gugurt cho’plari nima uchun kerak bo’ldi?
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TESTLAR: SAVOLLAR: 1. Tafakkur nima va u qanday tuzilishga ega?
2. Tafakkur qanday operatsiyalarni amalga oshiradi?
3. Muammolar echimi qanday bosqichda aniqlanadi?
4. Tafakkur turlari haqida gapiring.
5. Tafakkur qanday sifatlardan iborat?
TESTLAR: 1."Tafakkur sub'ekt faoliyatining paydo bo’lishi" degan g’oyani ilgari surgan olim qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) M.V. Gamezo B) A.V. Petrovskiy V) S.L. Rubinshteyn G) A.N. Leontev
D) P.Ya. Galperin
2.Tafakkur-bu orienterlash-tadqiot faoliyatini orienterovka jarayonidir, ya'ni orienterovka jarayoni, orienterovka faoliyat. Mazkur fikr muallifi qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) M.V. Gamezo B) A.V. Petrovskiy V) S.L. Rubinshteyn G) A.N. Leontev
D) P.Ya. Galperin
3.Qaysi olim o’z tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi?
A) A.V. Petrovskiy B) S.L. Rubinshteyn V) A.N. Leontev G) P.Ya. Galperin
D) A.V. Brushlinskiy
4.Qaysi qatorda tafakkur tushunchasiga to’g’ri ta'rif berilgan?
A) insonning fikrlash faoliyati bo’lib atrof-hodisalarni to’la anglashga yordam beradi. B) muammoli vaziyatni hal qilishga haratilgan fikrlash faoliyati.V) narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik munosabat va farqli jihatlarini ongda aks ettirilishi.
G) barcha javoblar to’g’ri D) to’g’ri javob berilmagan
5.Ulug’ rus olimi D.I. Mendeleevning hikoya qilishicha u elementlar davriy tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kechayu uch kunduz tinim bilmay mehnat qilgan ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tarkibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. Shunda D.I. Mendeleev uyqudan uyqonib, bir parcha qog’ozga tushida ayon bo’lgan jadvalni ko’chirib o’tgan. Sizningcha mazkur jarayon tafakkur turining mahsuli?
A) amaliyB) ixtiyorsiz/intuitive V) ixtiyoriy/analitik G) ko’rgazmali D) abstrakt tafakkur.