O‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tajribali o‘qituvchilar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt etmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
6. Avtoritar qobiliyati - bu o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator shaxsiy hislatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarni ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlarga ham bog‘liqdir.