Umumiy psixologiya



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə169/268
tarix29.12.2021
ölçüsü1,91 Mb.
#48465
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   268
Umumiy psixologiya

8. Pedagogik xayol — bu kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma’lum o‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi hislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o‘quvchilarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.

9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.

Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zining diqqat-e’tiborini o‘quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o‘quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor beradi. Tajribasiz o‘qituvchi, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga berilib ketib, o‘quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordiyu, o‘quvchilarni diqqat-e’tibor bilan kuzatishga harakat kilsa, bunday hollarda o‘z bayonotining izchilligini yo‘qotib qo‘yadi.

YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashkari,o‘qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy hislatlariga ega bo‘lishi lozim.

U o‘quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o‘qituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi kerak.

O‘kituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa kilib, shuni aytish joizki, o‘kituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axlok me’yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi hislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, o‘kituvchining tashki kiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. O‘kituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning poqizaligi, saranjom – sarishtaligi, o‘zini chiroyli tutishi kaddi-komati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi taassurot koldiradi.


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin