3 Yoshdagi inqiroz: 3 Yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. “Men katta bo‘lsam mashina haydayman”, «Men sizga katta tort olib kelaman»,«Meningyuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi»kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «o‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana kaysarlik va o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. 3 Yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi.