Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi. Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga “Bu nima?»degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to etuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 Yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu Yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo‘la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu Yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, Shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.