Senzitiv Yosh davrlari – Yoshning o‘sish davrlari. Bunda ma’lum Yosh davriga xos psixik xususiyat va jarayonlar, yuqori darajada yaxshi rivojlangan. Oldindan yoki kechikib kelgan senzitiv Yosh davri ta’lim jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi.
Tabiiy eksperiment – tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat psixologik tajriba.
Tarbiya - tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy hislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.
Ta’lim- u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir.