Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi
Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko‘ra muhandislik psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo‘linadi.
Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari
o‘rganiladi,
shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
anamnestik (biografik) metod;
kuzatish va tabiiy eksperiment metodlari;
shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish-ning instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.
Ushbu metodlarning qo‘llanishi individual-psixologik xususiyatlarni o‘rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar (omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me’yoriy yo‘naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o‘tkaziluvchining qaror qabul qilishining o‘ziga xos tomonlari tadqiq etiladi.
Qaror qabul qilish