Bob. Kasbiy psixologiya fanining asosiy tadqiqot metodlari



Yüklə 66,33 Kb.
səhifə3/9
tarix14.12.2023
ölçüsü66,33 Kb.
#176825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MA\'RUZA

Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir- birini to’ldiradi.
Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi aloqalar va bog’liqliklarni o’rnatish imkonini beruvchi o’rganish usuli.
Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo’lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo’lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo’llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o’tkazilgan), erkin (oldindan o’rnatilgan chegaralarga ega bo’lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo’ladi.
O’tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga bo’linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o’tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida ob’ektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi.
O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko’lamiga ko’ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to’ldirish uchun tadqiqotning boshlang’ich bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko’lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli kuzatishlarga bo’linadi. Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his-tuyg’ularini o’rganish, inson-texnika munosabatlari jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarning sub’ektiv va ob’ektiv sabablarini o’rganishdir.
Shu bilan birga bu fanni o’rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida e’tibor qaratish muhimdir:

  • turli nizolarning oldini olish;

  • personallar o’rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;

  • fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;

  • inson omilini birinchi o’ringa olib chiqish.

Kasbiy psixologiya fanini o’qitishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:

  • bo’lg’usi muhandis mutaxassislarni kasbiy psixologik bilimlar bilan qurollantirish;

  • kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish;

  • huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama shakllantirish;

  • huquq yo’nalishida ta’lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;

  • kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo’lish va psixologik aloqa o’rnatish mahoratiga ega bo’lish.

Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko’lamidan kelib
chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi.

    1. psixologik bilimlarni chuqur o’rganish hamda ularni ilmiy jihatdan sintezlash;

2)

kasbiy tushuncha va

kategoriyalarning

psixologik mohiyatini

ochib

berish;













3)

muxandis kadrlariga

asosiy ob’ekt –

inson xulq-atvorining

ruhiy

jihatlarini tushuntirish;
4) ijtimoiy munosabatlarga kirishayotgan sub’ektlar o’rtasidagi psixik jarayonlarni o’rganish va ularning ruhiy holatlarini ko’rsatish.
Kasbiy psixologiya fanining o’ziga xos ilmiy o’rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o’rganish metodlari («metod» yunoncha so’z bo’lib, «biror narsaga borish yo’li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to’g’risidagi bilimlarni egallashda qo’llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig’indisidir.
Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o’rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o’zining maqsadi va yo’nalishiga qarab tasniflanadi.
Individual-psixologik xususiyatlarni o’rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o’tkazish, anketalar, so’rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo’llanmalarda berilgan.
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining doimiyligi yoki o’zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan materiallarda ayrim xatolar ham bo’lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o’rganishning o’ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o’rganish va hisobga olishni talab qiladi.
Kasbiy psixologiyaning o’rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan
shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda qiyin bo’lgan, yo umuman ko’rinmaydigan tomonlarini ko’rsatadi.
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o’rganishga imkon beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo’llaniladi. Metod so’zi – yunoncha methodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so’z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko’lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.

Yüklə 66,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin