Bob. Kasbiy psixologiya fanining asosiy tadqiqot metodlari



Yüklə 66,33 Kb.
səhifə5/9
tarix14.12.2023
ölçüsü66,33 Kb.
#176825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MA\'RUZA

Suhbat (intervyu) metodi. Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng boshida umumiy yo’nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida qo’llaniladi. Bu erkin, majburiy bo’lmagan suhbat. Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo’llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o’rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo’lishi kerak.
Anketa metodi. Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko’p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi. Umumiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o’rganiladi. Anketa odatda 3 xil bo’lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo’ladiki, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinxi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida
to’rt besh to’g’ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlari, o’ziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig’ib olinib, kompuyter dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunga yo’l qo’ymaaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to’g’ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak.

Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o’tamiz.



  1. Kursingizda eng yuqori obro’ga ega bo’lgan talaba qaysi?

  2. Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his – tuyg’usini uyg’ota oladi?

  3. O’qish bilan bog’liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz?

  4. Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar edingiz?

  5. O’rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?

  6. Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashg’ulotlarga birgalikda tayyotayyorlanishni yoqtirasiz?

  7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?

Yüklə 66,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin