UChINChI BO‘LIM
IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR
X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish
164-modda. Bosqinchilik
Oldingi
tahrirga qarang.
Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib,
hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan
qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
(164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-
avgustdagi 485-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 104 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Oldingi
tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa,
—
Oldingi
tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
242-moddasida
nazarda
tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda;
g) badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil
30-apreldagi 6-sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish
jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining
birinchi
va
ikkinchi
xatboshilari
,
4 — 9
va
11-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli
“Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
qarori 6-bandining
birinchi xatboshisi
, 7-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha
sud amaliyoti haqida”gi qarorining
3-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil
17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan
ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
5-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 105 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga
doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining
to‘rtinchi
va
beshinchi xatboshilari
.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |