Umumiy qoidalar


-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish


səhifə123/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish
Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini
o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(167-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) ko‘p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(167-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 108 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(167-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(167-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli
 Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-
yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi
jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining 
birinchi
xatboshisi

8 — 20-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-
sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga
oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining 
ikkinchi xatboshisi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi
jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
3 — 5-
bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga
xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-
bandining 
birinchi xatboshisi
, 7-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish
yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, 25-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
(167-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin